Nima sayt bu?

Vatamizda aqlli yoshlar kam emas, ammo zamonaviy ilm o'rganish uchun imkoniyat kam. Xudo xohlasa shu saytdan foydalanib ular dasturlashning asoslarini o'rganishadi, va Xudo xohlasa asta sekin shunga o'xshagan saytlar chiqib, internet ta'lim sohasi rivojlanib O'zbekiston taraqqiyot bo'yicha dunyoning birinchi qatoriga chiqadi.

Bu internet darslarida HTML CSS asoslari to'g'risida gap ketadi. Xudo nasib etsa JavaScript darslari ham qo'shiladi.

O'quv markazida ham darslarimni beraman, yozilsangiz bo'ladi. Faqatgina eshitishga ham kelsangiz bo'ladi, eshiklar ochiq. Boshqa o'quv markazidan ustoz bo'lsangiz ham kelavering, balki sizdan nimanidir o'rganaman, va siz mendan.

Havolalar

Fleksboks o'yini

Youtube

Telegram

Bog'lanish, takliflar, tanqid

dasturlashdarslari@gmail.com

telegram @subh_tbot