Asboblar

Kerak bo'ladigan asboblar:

Shularni komputerga o'rnatish kerak. Xohlasangiz soddaroq yo'l bilan ham o'rnatsangiz bo'ladi, men shu nisbatan murakkab yo'lni tanladim.

7 Zip ni o'rnatish

Ish stoli
Ish stoli

Ish stoliga boramiz, va "boshlash" tugmasini bosamiz.

"boshlash" imkoniyatnomasi
"boshlash" imkoniyatnomasi

"boshlash" imkoniyatnomasi ochiladi.

"boshlash" imkoniyatnomasida Internet Explorer ni izlash
"boshlash" imkoniyatnomasida Internet Explorer ni izlash

  1. "internet explorer" terishni boshlimiz.
  2. Komputer "internet explorer" ni izlashni boshlaydi. Topganidan keyin unga bosib uni ishga tushiramiz.

7-Zip sayti
7-Zip sayti

Internet Explorer ochilganidan keyin www.7-zip.org manzilini tepada kiritamiz va Enter (kirish) tugmasini bosamiz. Sayt ochiladi.

7-Zip saytida yuklanishlar
7-Zip saytida yuklanishlar

So'ng 7-Zip ni yuklab olishimiz kerak. Sizda 32 bit li tizim bo'lsa tepadagi havolaga bosasiz, 64 bit li tizim bo'lsa pastdagi havolani. Qanday tizim ekanini bilmasangiz, 64 bit ligini olavering, ishlasa demak sizda 64 bit li tizim.

Internet Explorerda yuklab olish darchasi
Internet Explorerda yuklab olish darchasi

Pastda oynacha chiqib keladi. "Saqlamoq" tugmasiga bosamiz.

Internet Explorerda "Noshirni aniqlab bo'lmaydi" xatoligi
Internet Explorerda "Noshirni aniqlab bo'lmaydi" xatoligi

"Ishga tushirmoq" tugmasini bosamiz.

7-Zip dasturining o'rnatuvchisi
7-Zip dasturining o'rnatuvchisi

7-Zip o'rnatuvchisi paydo bo'ladi. "Install" (o'rnatish) tugmasini bosamiz.

7-Zip ning o'rnatuvchisi dasturni o'rnatdi
7-Zip ning o'rnatuvchisi dasturni o'rnatdi

O'rnatish jarayoni boshlanadi. Tugaganidan keyin "Close" tugmasini bosamiz.

Chromium

Xohlasangiz Chromium o'rniga Chrome ni o'rnatsangiz bo'ladi, lekin bu dasrsda aynan Chromiumni o'rnatilishi yoritilgan.

Chromium sayti
Chromium sayti

https://chromium.woolyss.com/download/ saytiga tashrif buyuramiz.

Chromium 64 bit va 32 bit talqinlari
Chromium 64 bit va 32 bit talqinlari

Sizda 64 bit li Windows bo'lsa 64 bit li Chromiumni yuklab olasiz, 32 bit li bo'lsa 32 bit lini yuklab olasiz.

Chromium ni yuklab olish
Chromium ni yuklab olish

Saqlamoq bosasiz.

Chromium yuklanyapti
Chromium yuklanyapti

Yuklanish yakunlanishini kutasiz.

Chromium yuklanib bo'ldi
Chromium yuklanib bo'ldi

Yuklanib olindanidan so'ng "Jildni ochmoq" tugmasini bosasiz.

Chromium ixchamlashtirilgan jildi
Chromium ixchamlashtirilgan jildi

Mana, Chromium ixchamlashtirilgan jildi turibdi, endi tarkibini chiqarib olishimiz kerak. Unga sichqonchaning o'n tugmasi bilan bosamiz.

"Chiqarib olmoqni" tanlash
"Chiqarib olmoqni" tanlash

Ro'yxatdan 7-Zip > Extract to "chrome-win" tanlaymiz.

Chiqarib olish jarayoni
Chiqarib olish jarayoni

Chiqarib olish jarayoni boshlanadi, bir o'z kutamiz.

Chromium chiqarib oliindi
Chromium chiqarib oliindi

Chiqarib olish jarayoni tugaganidan keyin chrome-win degan jild paydo bo'ladi. Ichiga kiramiz.

Chromium dasturi
Chromium dasturi

Ichida chrome yoki chrome.exe degan dastur yotadi. Uni ishga tushiramiz (ikki marta tez sichqonchaning chap tugmasini unga bosamiz).

Chromium dasturi
Chromium dasturi

Va ko'ryapmizki, Chromium yoqildi, endi unday foydalansa bo'ladi.

Visual Studio Code ni o'rnatish

Visual Studio Code sayti
Visual Studio Code sayti

code.visualstudio.com ga tashrif buyuramiz.

Visual Studio Code sayti
Visual Studio Code sayti

Ko'rsatilgan tugmani bosamiz.

Visual Studio Code sayti
Visual Studio Code sayti

Other downloads ni bosamiz.

Visual Studio Code talqinlari
Visual Studio Code talqinlari

Kerak bo'lgan .zip ni tanlaymiz.

Visual Studio Code yuklanyapti
Visual Studio Code yuklanyapti

Yuklanish boshlanadi, tugashini kutamiz.

Visual Studio Code yuklandi
Visual Studio Code yuklandi

  1. 🔻 tugmasiga bosamiz.
  2. Show in folder ga bosamiz.

Visual Studio Code ixchamlashtirilgan jildi
Visual Studio Code ixchamlashtirilgan jildi

Visual Studio Code ixchamlashtirilgan jildini ko'ryapmiz. Unda sichqonchaning o'n tugmasi bilan bosamiz.

Visual Studio Code ni chiqarib olish
Visual Studio Code ni chiqarib olish

Paydo bo'lgan ro'yxatda 7-Zip > Extract to "VSCode-win32-x64-1.39.2" ni tanlaymiz.

Visual Studio Code chiqarib olindi
Visual Studio Code chiqarib olindi

Chiqarib olingan jildning ichiga kiramiz.

Visual Studio Code dasturi
Visual Studio Code dasturi

Va ichida Code yoki Code.exe dasturni ishga tushuramiz.

Visual Studio Code ko'rinishi
Visual Studio Code ko'rinishi

Visual Studio Code yoqildi, endi unday foydalansa bo'ladi.

Yorlig'larni qo'yish

Chromiumning yorlig'ini joylamoq
Chromiumning yorlig'ini joylamoq

Chromium ning jildiga kirib, chrome ga sichqonchaning o'n tugmasini bosib Yubormoq > Ishchi stol (yorliq yaratmoq) ni tanlang. Inglizchasiga Send > Desktop (create shortcut), o'rischasiga Отправить > Рабочий стол (создать ярлык) bo'ladi adashmasam.

Visual Studio Code ning yorlig'ini joylamoq
Visual Studio Code ning yorlig'ini joylamoq

Xuddi shu ishni Visual Studio Code bilan qaytarish kerak.

Visual Studio Code va Chromium yorlig'lari tayyor
Visual Studio Code va Chromium yorlig'lari tayyor

Va ish stolida kerak bo'lgan yorlig'lar paydo bo'ladi. Yorlig'larga bossangiz, ularga to'g'ri keladigan dastur ishga tushadi.

Ish tartibi

VSC ga kiramiz (Visual Studio Code ga).

Visual Studio Code da jildni ochish
Visual Studio Code da jildni ochish

Tepadagi imkoniyatnomadan File ni tanlaymiz va paydo bo'lgan ro'yxatdan Open Folder ni tanlaymiz.

Visual Studio Code da jildni ochish uchun tanlash
Visual Studio Code da jildni ochish uchun tanlash

Chapda Ishchi stol ni tanlaymiz.

Visual Studio Code da jildni ochish uchun tanlash
Visual Studio Code da jildni ochish uchun tanlash

So'ng ko'rsatilgan joyga sichqonchaning o'n tugmasi bilan bosamiz.

Yangi jildni qo'shish
Yangi jildni qo'shish

Yangi > Jild ni tanlaymiz. Inglizchasiga New > Folder, o'rischasiga Новый > Папка bo'ladi adashmasam.

Jildga nom berish
Jildga nom berish

Yangi jild paydo bo'ladi, endi unga nom berish kerak.

Jildga nom berish
Jildga nom berish

Unga darsim nomni beramiz.

Yangi jildni tanlash
Yangi jildni tanlash

  1. Enter (Kirish) tugmasini bosamiz.
  2. Jildni tanlamoq tugmasini bosamiz.

Yangi hujjatni qo'shish
Yangi hujjatni qo'shish

Visual Studio Code da tanlangan jild ochiladi. Unda yangi hujjatni qo'shish uchun ko'rsatilgan tugmani bo'sing.

Hujjatning nomini yozish
Hujjatning nomini yozish

Shu joyga hujjatning nomini kiritish kerak.

Hujjatga nom berildi
Hujjatga nom berildi

index.html deb kiritamiz va Enter (kirish) tugmasini bosamiz.

Huttatimizning tarkibi
Huttatimizning tarkibi

Ko'rganimizdak o'n tomonda yangi index.html hujjatimizning tarkibi ko'rsatilgan. U bo'm-bo'sh.

Huttatimizga tarkib qo'shish
Huttatimizga tarkib qo'shish

  1. Hujjatimizning ichida Assalomu alaykum deb yozamiz.
  2. Saqlash tugmasini bosamiz.

Huttatimiz (saytimiz)
Huttatimiz (saytimiz)

Hujjatimizga sichqonchaning o'n tugmasi bilan bosamiz.

Visual Studio Code da hujjatning imkoniyatnomasi
Visual Studio Code da hujjatning imkoniyatnomasi

Paydo bo'gan ro'yxatda Reveal in Explorer (sharhlovchida ko'rsatish) ni tanlaymiz.

Sharhlovchida hujjatimiz (saytimiz)
Sharhlovchida hujjatimiz (saytimiz)

Sharhlovchi dastur paydo bo'ladi, va ichida hujjatimizni ko'ramiz.

Saytimizni Chromium ga sudrab tashlash
Saytimizni Chromium ga sudrab tashlash

Hujjatimizga sichqonchaning chap tugmasini bosib turib uni sudrashni boshlimiz, va Chromiumning ustiga tashlaymiz.

Chromiumda saytimiz
Chromiumda saytimiz

Chromiumda hujjatimiz ochiladi, va manzilini va tarkibini ko'ramiz. Bu saytimiz.

Hujjatimizni tahrirlash (yangi tarkibni qo'shish)
Hujjatimizni tahrirlash (yangi tarkibni qo'shish)

Visual Studio Code ga qaytamiz.

  1. Hujjatning tarkibini sal o'zgartiramiz. Assalomu alaykum o'rniga Assalomu alaykum og'a! ni yozamiz.
  2. Saqlash tugmasini bosamiz.

Chromiumga o'tish
Chromiumga o'tish

Chromiumga qaytamiz.

Chromiumda "yangilash" tugmasi
Chromiumda "yangilash" tugmasi

Etibor beringlar, Chromiumda hujjatimizning eski tarkibi ko'rsatilyapti. Yangi yozuvimiz paydo bo'lish uchun yangilash tugmasini bosamiz.

Chromiumda saytimizning yangi tarkibi
Chromiumda saytimizning yangi tarkibi

Va ko'ryapmizki, yangi yozuvimiz paydo bo'ldi.

Endi hujjatimizga (saytimizga) yangi narsalarni qo'shadigan bo'lsak, birinchidan VSC da ularni saqlash kerak bo'ladi, ikkinchidan Chromiumda saytni yangilash kerak bo'ladi.