Bo'sh joy

Assalomu alaykum

deb yozamiz.

Saqlimiz, brauzerga boramiz, brauzerni yangilimiz.

Assalomu alaykum

Va ko'ryapmizki Assalomu alaykum yozuvi paydo bo'ldi.

Kod muharririga (Visual Studio Code ga) qaytamiz va ikkinchi qatorga bolalar deb yozamiz.

Assalomu alaykum
bolalar

Saqlimiz, brauzerga boramiz, yangilimiz.

Assalomu alaykum bolalar

Va nimani ko'ryapmiz? bolalar yozuvi qo'shildi, lekin Assalomu alaykum bilan bitta qatorda turibdi.

VSCode da esa bu ikkita yozuv alohida satrlarda joylashgan. Nimaga? Chunki brauzer yangi qatorga o'tishni inobatda olmaydi.

Hattoki VScode da shunday ham yozsangiz:

Assalomu alaykum

bolalar

Baribir brauzerda bu yozuvlar bitta qatorda turadi.

Assalomu alaykum bolalar

Ammo VSC da shuni yozib ko'ringchi:

Assalomu alaykum

bolalar

Shuni yozib brauzerga qaytsangiz yozuvlar alohida ikkita qatorda joylashganini ko'rasiz.

Assalomu alaykum
bolalar

Demak qatorlarni ajratish uchun maxsus
buyrug'i kerak ekan.

Quyidagacha ham yozsa bo'ladi.

Assalomu alaykum
bolalar
Assalomu alaykum
bolalar

Yoki quyidagacha.

Assalomu alaykum

bolalar

Brauzeda quyidagacha ko'rinadi.

Assalomu alaykum

bolalar

Yoki quyidagacha.

Assalomu alaykum

bolalar

Brauzerda quyidagacha ko'rinadi.

Assalomu alaykum

bolalar

Bo'shlig'lar

Endi shunday yozaman

Assalomu       alaykum

bolalar

Assalomu bilan alaykum orasiga bo'shlig'larni qo'ydim. Saqliman, brauzerga qaytaman, va nimani ko'ryapman.

Assalomu alaykum

bolalar

Hech nima o'zgarmadi! BRAUZER INOBATGA OLMAYDI KEYMA-KET BO'SHLIG'LARNI, gap shunda. Ketma-ket boshlig'lar brauzerda paydo bo'lishi uchun   dan foydalanamiz.

Assalomu       alaykum

bolalar

Va natijada brauzerda ko'ramiz.

Assalomu       alaykum

bolalar

"Assalomu" va "alaykum" so'zlar orasida bir nechta bo'shliqlar turibdi.