Unsurlar

Assalomu alaykum

yozaman. Va tagida
Assalomu alaykum
ni qo'shaman.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Saqliman, brauzerga boraman.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va nimani ko'ryapman - ikkinchi Assalomu alaykum katta va yo'g'on harflar bilan yozilgan. Bundan chunsa bo'ladiki, ikkinchi qatordagi
va
narsalar qandaydir shu Assalomu alaykum yozuvni katta va yo'g'on qildilar. h1 nima bu o'zi? "H" degani "heading", sarlavha o'zbekchasiga. Sarlavha bu misol uchun kitobning nomi, yo'ki maqolaning nomi, xullas katta yozuv, nimanidir nomi. 1 degani birinchi, eng katta, eng muhim. Ikkinchi sarlavha ham bor, u uncha muhim emas, va kichikroq bo'ladi. Eng kichkina sarlavha - oltinchi sarlavha, undan kichkinasi yo'q.

h1 ni h3 ga o'zgartiray.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va, brauzerda ko'rsak bo'ladi, sarlavha kichikroq bo'lib qoldi.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Endi quyidagacha yozamiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom

Va brauzerda shuni ko'ramiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom

Endi shunday yozamiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom
ishlar qalay?

Va brauzerda shuni ko'ramiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom ishlar qalay?

Endi shunday yozamiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom
ishlar qalay?
yaxshi rahmat

Va brauzerda shuni ko'ramiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom ishlar qalay? yaxshi rahmat

Bulardan chunsa bo'ladiki qandaydir yo'l bilan  va  narsalar Va alaykum assalom yozuvni o'chirib tashlangan qildi.
va  narsalar qandaydir yo'l bilan ishlar qalay? yozuvni qishiq qildi.
va  narsalar qandaydir yo'l bilan yaxshi rahmat yozuvni yo'g'on qildi.

Qanday ular ishlashadi?

Gap shundaki,  narsa qayerda o'chirib tashlangan yozuv boshlanishilini belgilaydi.
narsa esa o'chirib tashlangan yozuv qayerda tugashini belgilaydi. Shu deb bular o'rtasida turgan matn o'chirib tashlangan bo'lib qoladi.

Xiddi shunday qilib  narsa qayerda qishiq yozuv boshlanishini belgilaydi, va  narsa qayerda qishiq yozuv tugashini belgilaydi. Shu deb bularni o'rtasida turgan ishlar qalay? yozuvi qishiq bo'lib qoladi.

Atamalar

Ochadigan va yopadigan yorliq

va  va  va
bular hammasi ochadigan yorlig'lar deb ataladi.  va  va  va
bular hammasi yopadigan yorlig'lar deb ataladi.

Yorliq sozining manosi belgidir.

bu o'chirib tashlangan yozuvning ochadigan yoqlig'i, va  bu o'chirib tashlangan yozuvning yopadigan yorlig'i.

bu qishiq yozuvning ochadigan yoqlig'i, va  bu qishiq yozuvning yopadigan yorlig'i.

Tarkib

Ochadigan va yopadigan yorlig'lar orasida turgan narsa tarkib deb ataladi.

Demak  va  orasida turgan Va alaykum assalom bu o'chirib tashlangan yozuvning tarkibi.

Demak  va  orasida turgan ishlar qalay? bu qishiq yozuvning tarkibi.

Ochadigan yorliq , uning tarkibi Va alaykum assalom, va yopadigan yorliq , shu uchta narsa birgalikda unsur deb ataladi.

Unsur

Xuddi shunday ochadigan yorliq , uning tarkibi ishlar qalay?, va yopadigan yorliq , shu uchta narsa birgalikda unsur deb ataladi.

Unsur so'zining manosi qismdir. Kimyoviy unsurlar to'g'risida eshitgansizlarmi? Barcha ko'zga ko'rinadigan dunyodagi narsalar kimyoviy unsurlardan tashkil topgandek, sayt ham HTML unsurlardan iborat bo'ladi. Unsurlar bu saytning qismlaridir, har bitta sayt ko'p unsurlardan tashkil etilgan bo'ladi.

Unsur turi

Va alaykum assalom - bu del unsuri, u o'chirib tashlangan yozuvga javob beradi. del bu "deleted" so'zidan qisqartma, manosi - o'chirib tashlangan.

ishlar qalay? - bu em unsuri, u qishiq yozuvga javob beradi. em bu "emphasized" so'zidan qisqartma, manosi - ta'kidlangan.

Assalomu alaykum
- bu esa h3 unsuri, u uchinchi darajali sarlavhaga javob beradi.

yaxshi rahmat - bu strong unsuri, u yo'g'on yozuvga javob beradi. strong so'zining tarjimasi - kuchli.

Ochadigan va yopadigan yorlig'ning ichida unsurning turi yoziladi. del, em, strong, h3 bu unsurning turlari. Ochadigan yorlig'da qanday tur yozilgan bo'lsa, shunday tur yopadigan yorlig'da yozilishi shart.

Misol uchun bu xato: Salom. Bu yerda nimani ko'ryapmiz? del unsuri ochildi, lekin em unsuri yopildi. To'xtang! em unsuri ochilmagan ediku!

Bu to'g'ri: Salom. Bu yerda del unsuri ochildi va del unsuri yopildi, juda yaxshi.

Boshqacha nazar

Boshqacha nazar bilan unsurlarga qaraylik. Unsurlarni boshqachasiga qanday chunsa bo'ladi?

Unsur bu buyruq. O'zi html hujjat va sayt ko'p buyrug'lardan iborat bo'ladi.

Misol uchun

Assalomu alaykum

buyrug'i brauzerga deydi "Assalomu alaykum yozuvli uchinchi sarlavhani saytda chizib bergin".

Va alaykum assalom

buyrug'i brauzerga "Va alaykum assalom o'chirib tashlangan yozuvni saytda chizib bergin" deydi.

ishlar qalay?

buyrug'i brauzerga "ishlar qalay? qishiq yozuvni saytda chizib bergin" deydi.

Hullas, brauzer shunday tartibda ishlaydi.

Ko'p uchraydigan xatolar

1. Ochadigan yoqliq qo'yilgan, lekin yopadigan qo'yilmagan.

Misol uchun shu to'gri yozilgan:

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom
ishlar qalay?
yaxshi rahmat

Brauzerda ko'ramiz.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum

Va alaykum assalom ishlar qalay? yaxshi rahmat

Ammo aytaylik bitta o'quvchi yopadigan
qo'yishni unutdi.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykumVa alaykum assalom
ishlar qalay?
yaxshi rahmat

Va brauzerda quyidagini ko'ramiz, hammasi buzilib ketdi.

Assalomu alaykum

Assalomu alaykum Va alaykum assalom ishlar qalay? yaxshi rahmat

Nimaga saytimiz buzilib ketdi? Chunki
ni qo'ydik, lekin
ni qo'ymadik, bu degani uchinchi sarlavha boshlandi, lekin tugamadi. Demak shu joydan
Assalomu alaykum boshlab saytning oxirigacha butun bor narsa - bu sarlahva, chunki sarlavha tugamaganda.

Bu yerda bitta narsani inobatga olish kerak. Ayrim unsurlarga yopadigan yorliq kerak emas, misol uchun

unsurlarga.

2. Yopadigan yorlig'da qishiq chiziq yo'q

Ochadigan yorliq bilan yopadiganni farqi bor. Bu farq - qishiq chiziq /. Ochadigan yorliqqa bu chiqiz qo'yilmaydi, misol uchun
, lekin yopadigan yorliqqa qo'yiladi, misol uchun
. Yopadigan yorliqqa qishiq chiziqni qo'ymasanglar saytinglarni ko'rinishi buzilib ketolidi.

3. Yopadigan va ochadigan yorlig'da turlar har xil.

Bu xato
salom
, chunki bu yerda h1 boshlandi, lekin tugamadi. Va h2 boshlanmagan edi, lekin tugadi. Bu nima degani!? Tushunarsiz. Brauzer ham buni tushunmaydi.

Bu esa to'g'ri:
salom
. h1 boshlandi, va h1 tugadi, hammasi yaxshi.