HTML havola, rasm, alomat

Rasm

Shunday yozamiz.

Va internetingiz bo'lsa mushuk rasmi chiqadi, chunki bu rasm internetda joylashgan.

Komputeringizdagi rasmdan foydalanishni xohlasangiz, o'sha rasmni siz ishlatyatgan html hujjat turgan jildga joylashtiring. Misol uchun rasm nomi rasm.jpg bo'lsa, uni html hujjatingizni jildiga ko'chirib olasiz va shunday yozasiz:

img bu "image" so'zidan qisqartma, tarjimasi - rasm. src bu "source" so'zidan qisqartma, manosi manba.

Yuqoridagi misolda src="rasm.jpg" manba alomati deb ataladi. Bu alomatda biz brauzerga qaysi rasmni sahifaga joylashtirishi kerakligini aytamiz. Bu misolda biz brauzerga aytdik, sahifaga rasm.jpg rasmni joylagin deb.

Etibor bering, img unsuriga yopadigan yorliq kerak emas.

Havolalar

Shunday yozamiz

SUBH

Va brauzerda shunday narsa chiqadi

Yuqoridagi havolaga bossangiz mening saytimning bosh sahifasiga tushib qolasizlar.

Shunday yozsangiz

BU GOGL

Brauzerda shunday havola chiqadi.

Unga bossangiz goglga tushib qolasizlar.

a bu "anchor" so'zidan qisqartmadir, tarjimasi - langar. Langar bu kemadan suvga tushiriladigan katta temir. U kemani joyida ushlab turadi, va suvga kemani olib ketishga yo'l bermaydi. Mana langarning rasmi.

Langar
Langar

Langar kemangizni ummoning tubi bilan ulagani kabi, a unsuri saytingizni boshqa saytga ulab qo'yadi.

href bu "hyper reference" dan qisqartmadir. Manosi "o'ta havola" yoki "juda havola". Odam havolaga bosganda qaysi saytga tushib qolishi kerakligi to'g'risida ma'lumotni href alomati beradi.

a unsurida yana bitta foydali alomat bor. U qiyidagacha yoziladi.

SUBH

Va brauzerda shuni ko'ramiz

Hech narsa o'zgarmadi deysizmi? Yo'q, havolaga bosiz ko'ringchi. Saytimning bosh sahifasi ochilishi kerak. Lekin etibor bering, u brauzerning yangi oynachasida ochiladi. target="_blank" yozmasangiz yangi sahifa brauzerning eski oynachasida ochiladi.

Atamalar

Alomat odatda ikkita qismdan iborat bo'ladi. Quyidagi misolda

target="_blank"

target bu alomatning nomi, va _blank bu alomatning qiymati.

href="https://subh.org"

Yuqoridagi misolda esa href bu alomatning nomi, https://subh.org esa alomatning qiymati.

Alomatning nomidan keyin odatda = turadi. Alomatning qiymati esa qo'shtirnog'ning ichida "" bo'ladi.

Xatolar

Alomat ochadigan yorlig'ning ichida emas

Etibor beringlar, alomatlar ochadigan yorlig'ning ichida yozilishi shart.

Quyidagi to'g'ri.

BU GOGL

Quyidagi noto'g'ri.

href="https://google.uz" BU GOGL

Noto'g'ri, chunki href alomati ochadigan yoqlig'ning ichida emas.

Alomat va unsur turi orasida bo'sh joy

Alomat va unsur turi orasida bo'sh joy bo'lishi shart.

To'g'ri:

BU GOGL
BU GOGL
BU GOGL

Noto'g'ri

<ahref="https://google.uz">BU GOGL

Alomatning qiymati qo'shtirnog'ning ichida emas

To'g'ri:

BU GOGL

Noto'g'ri

BU GOGL