HTML unsur ichida unsur

Shunday yozamiz.

<a href="https://subh.org"><del>bu subh</del> sayti</a>

Na natijani brauzerda ko'ramiz.

Bu yerda bitta yangi narsani ko'ryapmiz - unsur ichida unsurni. Bu misolda a unsurining ichida del unsurini turibdi. Ko'ryatganingizday bu subh ham o'chirib tashlangan yozuvga, ham havolaga tegishli.

Yuqoridagi misolda del unsurni bola unsuri deb ataymiz, a ni esa ota unsuri deb.

Yana bitta misol.

<h5>Bu subh - o'zbekcha <em><del>tikish</del> dasturlash</em></h5>

Va brauzerda ko'ramiz.

Bu subh - o'zbekcha tikish dasturlash

Bu yerda nimani ko'ryapmiz? Oltinchi sarlavha h5, ichida qishiq yozuv em, ichida o'chirib tashlangan yozuv del.

Xatolar

Bitta unsur ikkinchinining to'liq ichida yoki to'liq tashqarisida bo'lishi shart

Shu misolni ko'raylik.

<a href="https://subh.org">bu subh <del>sayti</a></del>

Yuqoridagi misolda del unsuri a ni ichidami, yoki a unsuri del ni ichidami? Tushunarsiz. Brauzer ham tushunmaydi nima nimani ichida, shu deb saytinglar to'g'ri va chiroyli chiqishni xohlasangizlar shunday yozmanglar. Bu misolda yoki a unsuri del unsurining ichida bo'lishi kerak, yoki del unsuri a unsurining ichida bo'lishi kerak. Bizda esa u ham, bu ham emas. Bu xato hisoblanadi.