HTML ro'yxat

Shunday yozamiz.

Yaxshi niyat

Harakat

Ilm

Odob

Va brauzerda shunday narsa chiqadi.

1. Yaxshi niyat
2. Harakat
3. Ilm
4. Odob

Shunday yozsamchi.

Yaxshi niyat

Harakat

Ilm

Odob

Brauzerda quyidagi natija chiqadi.

1. Yaxshi niyat
2. Harakat
3. Ilm
4. Odob

Bu yerda nimani ko'ryapmiz?

Birinchidan unsur ichida unsurlarni. To'rtta li unsuri ol unsurining ichida joylashgan. ol boshlangan joyidan, ol tugagan joyigacha to'rtta li unsuri turibdi, bu degani shu to'rtta li lar ol ning ichida joylashgan.

Ikkinchidan ol unsurida type degan alomati bor. Bilganimizdan alomatlar ochadigan yoqlig'ning ichida yoziladi.

Shu type alomati nimaga kerakligini chungandirsizlar. U ro'yxatning turiga javob beradi.

type="a" deb yozsangiz, barcha li larni oldida lotin harflar turib qoladi.
type alomatini yozmasangiz, yoki type="1" deb yozsangiz, barcha li larni oldida sonlar turib qoladi.
type="A" katta lotin harflari.
type="i" kichik rum sonlari.
type="I" katta rum sonlari.

Shu ro'yxat tartibli ro'yxat deb ataladi. Tartibli, chunki unda raqamlar bor.

Endi shunday yozaylik.

Ota-ona

Qarindoshlar

Dostlar

Birodarlar

Va brauzerda shuni ko'ramiz

• Ota-ona
• Qarindoshlar
• Dostlar
• Birodarlar

Bu ham ro'yxat, lekin raqamlari yo'q, tartib yo'q, shu deb tartibsiz ro'yxat deb ataladi.