HTML g'o'la va qatordagi unsurlar

HTML da ikki xil unsurlar bor. Ular g'o'la va qatordagi unsurlar. Inglizcha atamalrni ham keltiray. G'o'la unsurlari "block elements" va qatordagi unsurlar "inline elements" deb ataladi.

h1, h2, h3, h4, h5, h6 g'o'la unsurlari hisoblanadi. Hamda ul, ol, li, div, table, iframe, main, article, nav va boshqalar.

Nima u g'o'la unsur? Mana sizga misol.

Non

Pishloq

Va brauzerda shunday ko'rinadi.

Non
Pishloq

Etibor bering, bular alohida qatorlarda turibdi.

Lekin shunday yozsam:

Non
Pishloq

Va brauzerda qarasam.

Non Pishloq

Bular birga bitta qatorda turibdi. Shu deb del va em unsurlari qatordagi unsurlar deb ataladi, chunki ular bitta qatorda turishibdi. h5 va h6 esa g'o'la unsurlari, chunki ular alohida qatorlarda turishibdi. qatordagi unsurlar faqat ularga kerak bo'lgan joyni egallashadi, shu deb qatordagi unsurlar deb ataladi, chunki bir-nechta unsur bitta qatorda joylasha oladi. G'o'la unsurlari esa butun qatorni egallashadi, shu deb ikkita g'o'la unsur bitta qatorda tura olmaydi.

G'o'la unsurlarning misollari

div sodda g'o'la unsuri

Misol.

Ota ona

Vatan

Brauzerda ko'ramiz.

Ota ona
Vatan

div bu g'o'la unsur, bo'ldi, boshqa hech bezagi yo'q. Na katta yo'g'on yozuv, na qiyshig'lik, na boshqa bezak. U faqatgina oddiy g'o'la unsur xolos. Va saytlarda u ko'p foydalaniladi.

span sodda qatordagi unsur

Misol.

Ilm
Taraqqiyot

Brauzerda ko'ramiz.

Ilm Taraqqiyot

span bu oddiy qatordagi unsur, hech qanday qo'shimcha bezagi yo'q, na qishig'lik, na kattalik yo'g'onlik, na boshqa narsa. Va saytlarda u ko'p foydalaniladi.