CSS uslub

Shunday yozamiz.

Tabassum yaxshilikdir

Va brauzerda shuni ko'ramiz.

Tabassum yaxshilikdir

Demak, chunsa bo'ladiki, style="color: red" narsasi qandaydir h5 ga ta'sir etib uni qizil qildi. Ko'rib turganimizday style bu alomat. style so'zing manosi "uslub". "Bezak" deb ham chunsa bo'ladi. Shu alomatning qiymatida unsurga qanaqa bezak berish kerakligi yoziladi. color tarjimasi "rang", red tarjimasi "qizil". Demak shu alomat bilan biz brauzerga aytyapmiz "h5 ga bezak bergin - uni qizil rangli qilgin".

Endi boshqachasiga yozamiz.

Salomlashish yaxshilikdir

Va brauzerda quyidagini ko'ramiz.

Salomlashish yaxshilikdir

background-color orqa rang degani, green esa yashil. Demak yuqoridagi alomat h5 ning orqasini yashil qiladi.

Shunday ham yozsa bo'ladi

Tabassum yaxshilikdir

Brauzerda natijani ko'ramiz.

Tabassum yaxshilikdir

Yuqoridagi misolda nimani ko'ryapmiz? U yerda ham color ham background-color ishlatilyapti. Yozuvning rangi qizil, orqaning rangi esa yashil.

Yana bitta misol.

Tabassum yaxshilikdir

Tabassum yaxshilikdir

Yuqoridagi misolda biz boshqa bezaklarga qo'shimcha harflarning o'lchamini (kattaligini) 20 piksel qildik.

Atamalar

Shu misolda

background-color: green

background-color xususiyatning nomi deb ataladi, green esa xususiyatning qiymati.

Bu misolda esa

color: green

color xususiyatning nomi deb ataladi, red esa xususiyatning qiymati. Xususiyat nomi xususiyat qiymati bilan birgalikda xususiyat deb ataladi.

Yana bitta misol:

color: red; background-color: green

Bu misolda color: red xususiyat deb ataladi, aniqrog'i yozuv rangi xususiyati. background-color: green ham xususiyat deb ataladi, aniqrog'gi orqa rangning xususiyati. Ikkita yoki ko'proq xususiyat yozilgan bo'lsa, ular ; bilan ajratiladi.

Xatolar

Ikkita xususiyat orasida ; yo'q

Quyidagi to'g'ri.

Tabassum yaxshilikdir

Brauzerda ko'ramiz.

Tabassum yaxshilikdir

Quyidagi noto'g'ri.

Tabassum yaxshilikdir

Brauzerda ko'ramiz.

Tabassum yaxshilikdir

Noto'g'ri, chunki color: red va background-color: green orasida nuqta vergul ; yo'q.