CSS chegara

Shunday yozamiz.

<h5 style="border: 1px solid red">Salomatlik</h5>

Va narijani brauzerda ko'ramiz

Salomatlik

Shu border: 1px solid red narsa chegarani chizib berar ekan.

Sal boshqacha yozamiz.

<h5 style="border: 15px dashed violet">Ixlos</h5>

Va brauzerda ko'ramiz.

Ixlos

Demak, shunday tushunsa bo'ladiki birinchi misoldagi 1px va ikkinchi misoldagi 15px chegaraning qalinligini belgilaydi. red va violet bu ranglarning nomi, shu deb chunamizki ular chegaraning rangini belgilaydi. Faqatgina dashed bilan solid qoldi, va chunsa bo'ladiki ular chegaraning uslubiga javob beradi. dashed ni solid ga o'zgartirib qo'ringlarchi, tushunasizlar.

Chegaraning uslublari

  • solid - yaxlit
  • dashed - chiziqchali
  • dotted - nuqtali
  • double - ikkitali
  • ridge - bo'rtgan chegara
  • groove - o'yilgan chegara
  • inset - xuddi unsur bosilganday ko'rinadi
  • outset - xuddi unsur bo'rtganday ko'rinadi