CSS tiqma
Shunday yozamiz.
Salomatlik
Va natijani brauzerda ko'ramiz.
Salomatlik
Chegara paydo bo'ldi. Chegarani oldingi darslardan birida o'rgandik.
Endi shunday yozamiz.
Salomatlik
Va natijani brauzerda ko'ramiz.
Salomatlik
div ni ichida masofa paydo bo'ldi. Shu masofani tiqma deb ataymiz. Uyungizda yastiq bormi? Ichida nima bor? Patlarmi? O'sha patlar tiqma deb ataladi, chunki yastiqni ichiga tiqib qo'yiladi. Natijada yastiq kattayadi.
padding: 40px - 4 tomondagi tiqma 40px ga teng bo'ladi.
padding: 40px
padding: 40px
padding: 40px 50px 30px 15px - tepa tiqma 40px, o'n tiqma 50px, past 30px, chap 15px.
padding: 40px 50px 30px 15px
padding: 40px 50px 30px 15px
Salomatlik
Brauzerda ko'ramiz.
Salomatlik
padding: 40px 30px 15px - tepa tiqma 40px, o'n tiqma 30px, past 15px, chap 30px.
padding: 40px 30px 15px
padding: 40px 30px 15px
padding: 40px 15px - tepa tiqma 40px, o'n 15px, past 40px, chap 15px.
padding: 40px 15px
padding: 40px 15px
Tiqmani boshqacha belgilasa ham bo'ladi.
Salomatlik
Va natijani brauzerda ko'ramiz.
Salomatlik
padding-top tepa tiqmani belgilaydi.
Salomatlik
Brauzerda ko'ramiz.
Salomatlik
padding-left chap tiqmani belgilaydi.
padding-right - o'n tiqma.
padding-bottom - past tiqma.
Yana misol.
Salomatlik
Brauzerda ko'ramiz.
Salomatlik
Yuqoridagi misolda chap tiqma 40px va past tiqma 15px.
Diqqat
Tepa va past tiqma qatordagi unsurlar bilan (a, span, strong, em, img va hokazo) yaxshi ishlamaydi. Buni to'g'rilash uchun qatordagi unsurlarga display: inline-block xususiyatini beringlar.
Misol.
Yuqoridagi misolda ko'rib turganingizday tiqma to'g'ri ishlamayapti. Ammo misolni sal o'zgartirsak.
Tiqma ishlab ketdi.