CSS hoshiya
Shunday yozamiz.
Mehribonlik
Va natijani brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
Chegara paydo bo'ldi. Chegarani oldingi darslardan birida o'rgandik.
Endi shunday yozamiz.
Mehribonlik
Va natijani brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
Nimani ko'ryapmiz? Qizil to'rtburchakdan o'ynachaning chetigacha bo'lgan masofa o'sdi.
Endi shunday yozamiz.
Mehribonlik
Va natijani brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
Nimani ko'ryapmiz? margin xususiyatining qiymati 40px dan 20px gacha kichraygani tufayli masofa ham kichraydi.
Shu margin xususiyatini hoshiya deb ataymiz. Maktabda daftaringizning chetida hoshiyalar bor ediku? Mana, margin ham shunga o'xshagan narsa.
margin: 40px degani 4-ta tomonda masofa 40px. Tepada masofa 40px, o'nda 40px, pastda 40px, chapda 40px.
margin: 40px
margin: 40px
To'rttali yozuv
margin: 40px 50px 30px 15px - tepadagi hoshiya 40px, o'ndagi 50px, pastdagi 30px, chapdagi 15px.
Mehribonlik
Brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
Qanday margin: 40px 50px 30px 15px ishlaydi? Quyidagi rasmda tushuntirilgan.
margin: 40px 50px 30px 15px
margin: 40px 50px 30px 15px
Uchtali yozuv
margin: 40px 30px 15px - tepada 40px, o'nda 30px, pastda 15px, chapda 30px hoshiya.
Mehribonlik
Brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
margin: 40px 30px 15px
margin: 40px 30px 15px
Ikkitali yozuv
margin: 40px 15px - tepada 40px, o'nda 15px, pastda 40px, chapda 15px hoshiya.
margin: 40px 15px
margin: 40px 15px
Bir tomon hoshiya
margin-left chapdagi hoshiyani belgilaydi.
Mehribonlik
Brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
margin-top tepadagi hoshiyani belgilaydi.
margin-right o'ndagi hoshiyani belgilaydi.
margin-bottom pastdagi hoshiyani belgilaydi.
Yuqoridagi xususiyatlarni birlashtirsa bo'ladi.
Mehribonlik
Brauzerda ko'ramiz.
Mehribonlik
Diqqat
Tepa va past hoshiya qatordagi unsurlar bilan (a, span, strong, em, img va hokazo) ishlamaydi. Buni to'g'rilash uchun qatordagi unsurlarga display: inline-block xususiyatini beringlar.
Misol.
Yuqoridagi misolda ko'rib turganingizday tiqma to'g'ri ishlamayapti. Ammo misolni sal o'zgartirsak.
Tiqma ishlab ketdi.