CSS quti andozasi

Unsurning eni, bo'yi, chegarasi, tiqmasi, hoshiyasi birgalikda quti andozasini tashkil etadi.

Kulchalarni tasavvur qilaylik. Kulchalarni o'chog'chada pishirdik. Har bir kulchani ichida xamir va xo'jag'atli murabbo bor. (O'ris tilida xo'jag'at "malina" bo'ladi).

quti andozasi
quti andozasi

Kulchaning murabbosi tarkibidir. Tarkib bu unsurning ichidagi matn yoki boshqa unsurlar.

Kulchaning xamiri tiqmasidir.

Kulchaning cheti chegarasidir.

Kulchalarning orasidagi masofa hoshiyalaridir.

Misol.

<span style="padding: 20px; border: 3px solid #b15454; margin: 20px; color: #fe596d; background-color: #fff7df; display: inline-block;">Xo'jag'atman</span>

Xo'jag'atman Xo'jag'atman Xo'jag'atman