CSS ni alohida yozish
Oldingi darslarda CSS ni yozish uchun style="..." dan foydalandik.
Endi esa boshqacha yo'lni o'rganaylik.
Misol
    div {
        background-color: red;
        color: blue;
Hayot
Assalomu alaykum
Tinchlik
Hayot
Assalomu alaykum
Tinchlik
Yuqoridagi misolda nima bo'lyapti? <style>...</style> unsurning ichida CSS ni yozdik. U yerda "barcha divlarda orqa rangi qizil va harflarining rangi ko'k bo'lishi kerak" deb yozdik. Etibor beringlar h4 va span unsurlarni bezagi o'zgarmadi, faqatgina divning.
Misolni sal o'zgartiramiz.
    div {
        background-color: red;
        color: blue;
    h4 {        background-color: brown;        color: white;        padding-left: 30px;    }</style>
Hayot
Assalomu alaykum
Tinchlik
Hayot
Assalomu alaykum
Tinchlik
Yana misolni o'zgartiramiz.
    div {
        background-color: red;
        color: blue;
    h4 {
        background-color: brown;
        color: white;
        padding-left: 30px;
Hayot
Yer
Assalomu alaykum
Tinchlik
Osmon
Hayot
Yer
Assalomu alaykum
Tinchlik
Osmon
Atamalar
div {
    background-color: red;
    color: blue;
Yuqoridagi kodni CSS qoida deb ataymiz. Mazkur misolda div ni tanlovchi deb ataymiz.
Misol uchun quyidagi misolda ikkita qoida va ikkita tanlovchi bor.
div {
    background-color: red;
    color: blue;
h4 {
    background-color: brown;
    color: white;
    padding-left: 30px;