HTML hujjat tuzilmasi

Aslida .html hujjatlar shunday tarzda yozilishi kerak.

<!doctype html>
<html>
    <head>
        ...
    </head>
    <body>
        ...
    </body>
</html>

Yaxshiroq tushunishingiz uchun misolni boyitamiz.

<!doctype html>
<html>
    <head>
        <style>
            h1 { color: pink }
            del { font-weight: 900 }
        </style>
    </head>
    <body>
        <h1>Assalomu alaykum</h1>
        Xo'jag'at <del>20000</del> 18000 so'm
        <br>
        Chakanda <del>22000</del> 19000 so'm
    </body>
</html>

Oddiy HTML unsurlari body unsurining ichiga tushadi. Yordamchi HTML unsurlar head ni ichiga tushadi.

Ammo nimaga biz mazkur darsgacha shunday yozmaganmiz? Chunki zamonaviy brauzerlarda shu qolipni yozmasangiz ham, baribir sahifangiz ishlaveradi, chunki brauzer o'zi kerak bo'lgan narsalarni sahifaga qo'shib beradi. Lekin HTML meyori bo'yicha shu qolipni yozish kerak.

<!doctype html> - hujjatning turi HTML 5 degani. Misol uchun HTML 4 da quyidagacha yozilardi.

<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01//EN" "http://www.w3.org/TR/html4/strict.dtd">

html - "ildiz" (eng asosiy) unsur. Ichiga butun sayt qo'yiladi.
head - sahifaning boshi. Ichiga yordamchi unsurlar qo'yiladi: style, meta, link va hokazo.
body - sahifaning tanasi. Ichiga oddiy unsurlar qo'yiladi: div, img, a, p, span va hokazo.

html bilan body ni bezash

<!doctype html>
<html>
    <head>
        <style>
            html { background-color: pink; }
        </style>
    </head>
    <body>
    </body>
</html>

Yuqoridagi misoldan foydalansangiz butun saytingiz pushti bo'ladi.