Dasturlashni o'rganish haqida (2019)

Bu maqola hali xom. Mutaxassislardan ma'lumot kerak. Ayniqsa dasturchilarning oyligi haqida. Noaniq, noto'g'ri ma'lumotlar bor bo'lishi mumkin.

Qanday qilib dasturchi bo'lib qolsa bo'ladi? Dasturchi bo'lish uchun nima qilish kerak? Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor? Men nimani o'rganay? O'rganishga qancha vaqt ketadi? Dasturchilarning oyligi, maoshi qanday? Dasturchilar haqida ham bilmoqchiman.

Shu maqolada shu savollarga qisqacha javob beriladi. Va xattoki dastuchining xaritasi ham ko'rsatiladi.

Diqqat

Dasturlashni hamma o'rgana oladi, dasturlashni yarim yilda o'rganasiz va darslarni o'qiganindan so'ng darrov 100-200 dollarli ishga kira olasiz kabi vadalarni bermayman. Bu quruq reklamadir. Dasturlash qiyin. Shu sababdan dasturchilarga ko'p pul taklif qilishadi. Mantiqiy fikrlash, ko'p bo'sh vaqt, internet, ingliz tilini bilish (boshida rus tili ham bo'laveradi), jumboqni yechishga ishtiyoq, va boshqa omillar bunga tasir o'tkazadi. Lekin maqolani oxirigichaga o'qing, so'ng xulosani chiqarsangiz bo'ladi.

Dasturlashni nimaga o'rganish kerak?

  • Qiziqish. Ko'p odamlar texnikaga qiziqadi, dasturlash esa komputerning (moshinalarning, robotlarning, sovutgichlarning, chirog'larning, isitish tizimlarining) boshqarish yo'lidir, shu deb u ham qiziq. Kechqurun o'zi yoqiladigan va ertalab o'zi o'chadigan chirog'ni yasashni xohlaysizmi? Unda dasturlashni o'rganing.
  • Pul. Dasturchilarga ko'p pul to'lashadi. 1000$ oyiga.

Yo'nalishlar

Dasturchi bo'lish uchun birinchi yo'nalishni tanlash kerak. Ulardan:

  • Saytlar oldi qismi (foydalanuvchilarga ko'rinadigan qism, inglizchasiga front-end deb ataladi)
  • Telefon ilovalar (foydalanuvchilarga ko'rinadigan qism)
  • Saytlarning yoki telefon ilovalarning orqa qismi (foydalanuvchilarga ko'rinmaydigan qism, inglizchasiga back-end deb ataladi)

Bo'ldi. Boshqa yo'nalishlarni boshlayatgan dasturchiga tavsiya etmayman. Sabab oddiy: ona diyorimizda talab past.

Birinchi dasturlash tili

  • Saytni oldi qismi bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz - HTML, CSS, JavaScriptni o'rganasiz.
  • Saytning orqa qismi bilan - HTML CSS asoslari, oz JavaScript, va "backend" tillaridan birini - PHP yoki Java yoki C#.
  • Telefon ilovalarini qurishni yaratishni xohlasangiz - Android uchun Java, iOS uchun Swift. Aniq ayta olmayman, bu sohada emasman.
  • Komputer dasturlarini qilishni istasangiz - C# yoki Java yoki C++. Yoki JavaScript. Aniq ayta olmayman. Baribir bu sohada ish ko'p emas.
  • Oyinlar qilishni xohlasangiz - fikringizdan qayting.
  • Hakerlik qilishni xohlasangiz - fikringizdan qayting.

Eng ko'p ish saytlar va telefon ilovalar sohasida.

Pythonchi? Ruby? Rust? Elixir? Yo'q, bularni yo'lini boshlayatgan darsurchilarga tavsiya etmayman. Sababi - diyorimizda ish kam yoki umuman yo'q.

Yaqin yillarda Python va Dartning O'zbekistonda qo'llanishining qo'tarilishini kutyapman.

Xullas birinchi dasturlash tili - JavaScript, yoki PHP yoki Java yoki C# yoki Swift. C++ yozmadim, chunki ish ko'p emas. HTML CSS dasturlash tillari deb hisoblanishmaydi, lekin saytchilar ular zarur.

O'rganish rejasi

Sayt oldi qismini o'rganish rejasi (tahminiy)

  • 2 oy HTML va CSS amaliyot bilan.
  • 2 oy JavaScript va jQuery amaliyot bilan.
  • 2-4 oy amaliyot - saytlarni tayyorlash.
  • 4 oy React yoki Vue yoki Angular va amaliyot.
  • Va yana 2 oy amaliyot.
  • Umuman 12-14 oy.

Sayt orqa qismini o'rganish rejasi (tahminiy)

  • 2 oy HTML va CSS amaliyot bilan.
  • 2 oy PHP.
  • 2-4 oy amaliyot.
  • 4 oy Laravel, SQL, Server muhiti, va amaliyot.
  • Va yana 2 oy amaliyot.
  • Umuman 12-14 oy.

Shundan keyin, yaxshi o'rgangan bo'lsangiz o'zingizni kenja dasturchi deb atasangiz bo'ladi. Albatta qattiq harakat qilgan aqlli kishiral tezroq bu darajagacha yeta oladi.

Nima kerak?

Mantiqiy fikrlash

Mantiqiy fikrlash o'rta darajada bo'lsa - kichik buyurtmalar bo'yicha ishlaydigan, firmalarga qolip bo'yicha saytlar, telegram botlar tayyorlaydigan odam bo'lishingiz mumkin. Bu ham yaxshi. Lekin ehtimol kelajakda katta saytlarni qura olmaysiz va jamoalarni boshqara olmaysiz. Va katta pul ham topa olmaysiz.

Mantiq yaxshi rivojlangan bo'lsa - katta texnologiya ko'rxonaga kiraman, murakkab tizimlarni quraman deb o'rzu qilsangiz bo'ladi. Bu yo'lda ko'p o'rganish kerak bo'ladi, chunki me'morchilikdan faqrli, o'rgangan narsalaringiz 10 yilni ichida hech kimga kerak emas bo'lib qo'lishi mumkin. Kecha Nokia uchun ilovalar qilib yurgan edingiz, bugun esa Android va iOS bilan salomlashishga to'g'ri kelyapti. Ertaga esa ular ham yo'q bo'lib ketishi mumkin.

Qanday qilib mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlasa bo'ladi bilmayman, balki shu "aql darajasi" sinovi yordam berar. 100 dan koproq baho olsangiz balki dasturchilikka yaraysiz.

Vaqt

Dasturchi bo'lishga 1 yilcha vaqt ketishi mumkin. Undan tezroq kamroq vaqt - ixtidorli bo'lsangiz, undan ko'proq - dangasa bo'lsangiz. Bo'sh vaqtingiz ko'p bo'lsa - yaxshi. Ish bilan band bo'lsangiz - uncha yaxshi emas. Bu tahminiy gaplar, to'g'risi, o'zim aniq bilmayman.

Til

Ingliz tilini bilmasangiz - bugunoq o'rganish rejasini tuzishni boshlang. Internet davrida ingliz tili - dunyoviy ilmning kalitidir. Kim unga ega bo'lsa dasturchilikni, kimyoni, fizikani, tibbiyot nazariyasini va boshqa ko'p ilmlarni o'rgana oladi. Albatta internetga ulanish talab etiladi. Ingliz tilini bilmasangiz dasturlash asoslarini ustozdan o'rgana olasiz, ammo keyin esa katta devorga yuzlanasiz. Bu devor - bilim yetichmovchilik devori.

Xullas ingliz tilini bilmasangiz - mutaxassis dasturchi bo'lish va oyiga 1000$ topish yo'li siz uchun yopiq. WordPressda sodda saytlar, telegram botlar qilib yursangiz bo'ladi. Bu ham yomon emas, pul topsa bo'ladi. Lekin 1000$ oyiga emasda.

Boshida o'ris tili ham bo'laveradi, keyin esa albatta ingliz tiliga o'tish kerak. O'zbek tilida ma'lumot juda o'z. Asosan o'quv markazlardan va shaxsiy ustozlardan o'zbek tilida ma'lumot olsangiz bo'ladi.

Sabr, ishtiyoq, maqsad, harakat

Sabrsiz, shoshiladigan, darrov natijani xohlaydigan odamlar o'rgana olishmaydi. Bitta kichkina dasturni tuzishga 2 hafta sarflashga sabri yetmaydigan odam dasturchi bo'lishi qiyin ishdir. Sabrsiz insonlar boshqa sohani tanlashsin.

Maqsad bo'lishi kerak, ishtiyoq bo'lishi kerak, harakat bo'lishi kerak. Chunki bular har murakkab sohani o'rganish uchun katta komakchilardir.

Diplom kerakmi?

Qisqasiga - yo'q.

4 yil oliygohga va orqaga avtobusda qatnagan bo'lsangiz - dasturlashga qanaqa aloqasi bor? Boshlig'larga mutaxassislar kerak. Ishni bitiradigan odamlar kerak. Qo'lidan ish kelmaydigan diplomchilar emas. Foydali bilim kerak, buni afsusku aksar oliygohlarimizda o'rgatilmaydi. 4 yilingizni sarflamasangiz ham bo'ladi. Ammo oliygoh yaxshi bo'lsa, unda boshqa gap. Kirib, oqib chiqsa bo'ladi, lekin baribir bitirganingizdan keyin internetdan dasturchilikni o'rganishga to'g'ri keladi.

To'g'risi, 4 yil dorilfununda o'qish bekor vaqt sarflash kabi menga tuyuladi. Ishonsangiz bo'ladi, ko'p ish beruvchilarga diplomingiz muhim emas. Oliygohda o'qimagan dasturchilar O'zbekiston va dunyo bo'yicha tiqilib yotibdi.

Dasturlashni o'rganish yo'llari

Internet

Fikrimcha aksar odamlar internetdan o'rganishadi. O'quv markazingizdagi ustozingiz ham. Siz kirmoqchi bo'lgan ishxonadagi dasturchilar ham. Ammo internetdan o'rganish qiyin, chunki muammo paydo bo'lsa - yoki madad beradigan insonni topish kerak, yoki tirishib, harakat qilib internetning o'zidan yechimni topish kerak. Va internetda ma'lumot asosan ingliz tilida. Va internetdan ma'lumotni topish uchun dasturlash atamalarini, foydali saytlarni bilishingiz kerak, va boshqa internetdan izlash ko'nikmalarga ega bo'lishingiz kerak.

Maqolamda internetdan ingliz tilida dasturlashni o'rganish mavzusini batafsilroq yoritganman.

O'quv markazi

Nisbatan arzon, oson, tez yo'l. Lekin baribir qiyin va sekin. Va baribir internetdan ham o'rganishga to'g'ri keladi.

Shaxsiy ustoz

Bu yo'l balki o'quv markazidan osonroq, lekin qimmatroq ham. Va baribir internetdan ham o'rganishga to'g'ri keladi.

Muammolar

Meni yomon o'qitishdi

Men yarim yil o'quv markazida o'qidim, uch yarim million pul sarfladim, mana bitirdim va hech narsa qila olmayapman. Sayt qura olmayapman. Faqat bootstrapda kichik qiyshiq saytni qila olaman, xolos. Bo'lmaydi bu o'quv markazlar, ularda yaxshi o'qitishmas ekan.

O'quv markazi taniqli bo'lsa, ustozlari hammasi zo'r bo'ladi degan tushuncha noto'g'ri. U yerda har xil ustozlar bor, biri yaxshi dars beradi, biri unchalik emas. Shu deb siz o'quv markazini qidirmang, ustozni qidirib o'quv markaziga bo'ring. Misol uchun o'rtog'ingiz o'quv markazida o'qib turib ustozini maqtayapti, shu ustozga boring, farqi yo'q o'quv markazi taniqlimi yoki yo'qmi. O'quv markazi bu faqatgina ustoz uchun xona. O'quv markazida eng muhim narsa bu ustoz. O'quv markazining ishi reklama qilib o'quvchilarni yig'ib kelishdir. O'qitadigan odam faqatgina ustozning o'zi.

Endi bu muammoning ikkinchi qismiga o'tamiz. Ustoz yaxshi yoki yomon bo'lsin - o'rganib ketadigan bola o'rganib ketadi, o'rganib ketmaydigan o'rganmaydi. O'rganib ketadiganga o'quv markazi ham, ustoz ham kerak emas, chunki unda internet bor.

O'rganib ketadigan bilan o'rganib ketmaydiganni faqri nima?

Birinchisi "men o'zim harakat qilib dasturlashni o'rganib dastuchi bo'lib ketaman Xudo xohlasa" deydi, ikkinchisi esa "men ustozga boraman, u menga dasturlashni o'rgatadi, va o'qishimni bitirganimdan so'ng tayyor dasturchi bo'lib qolaman" deydi. Aksariyat odamlar ikkinchi fikrni kallada ushlab yurshadi. Fikrimcha shu sababdan dasturchilar kam, fikrimcha shu sababdan umuman biror-bir ishning mutaxassislari kam. Bu muammoning ildizlari esa erinish, mas'uliyatsizlikdir. Birinchi toifadagi odamlar o'zi o'ziga javob beradi, ikkinchilar esa o'zlarining rivojlanishlari to'g'risida javobgarlikni birovga yuklab qo'yishni xohlaydilar.

Mana shu ikkinchi toifadagi odamlar o'quv markazida o'qiganida nima bo'ladi? Uy vazifasini chala qiladi, yoki qilmaydi. Internetdan qo'shimcha ma'lumotni izlashmaydi. Uyda mustaqil ravishda ishlashmaydi. Tushunarsiz joylarni darsdan keyin so'rab olishmaydi. Internet darslarni o'tishmaydi. Qiyinroq vazifa berilsa "Eee, bizga buni o'rgatmagansiz" deb o'tirib olishadi, yechimni mustaqil ravishda topishga, kallani ishlatishga harakat qilishmaydi. Chunki baribir "ustoz menga o'rgatadi, o'zim o'rganmasam, bo'sh vaqtimni sarflamasam bo'ladi". O'qivchilarning kichik qismini tashkil etadigan birinchi toifadagilar esa shuni aksini qiladi, va natijada mutaxassislar bo'lib yetishishadi. Birinchilar esa pulni bekor ketkazib, mag'lubiyatga uchrab, borib ofisda Excelda ishlashadi.

HECH BIR INSON SIZNI DASTURCHI QILA OLMAYDI, O'ZINGIZ HARAKAT QILIB XUDONING YORDAMIDA DASTURCHI BO'LA OLASIZ.

HECH BIR INSON SIZNI MUTAXASSIS QILA OLMAYDI, O'ZINGIZ HARAKAT QILIB XUDONING YORDAMIDA MUTAXASSIS BO'LA OLASIZ.

Yuqoridagi fikr barcha murakkab sohalarga tegishli bo'lishi kerak.

Xullas gap mas'uliyatda va harakatda, ustozda va o'quv markazida emas.

Ko'p va'da berishdi, lekin yuzaki o'rgatishdi

Bu yerda o'quv markazlarining yana bir aybi. O'quv markazlari ko'proq mijozlarni jalb etish uchun murakkab texnologiyarni tez o'rgatamiz deb va'da qilishadi. Bu va'dani ustida tura olishmasligi turgan gap, chunki 3 oyda (haftada 3 dars 2 soatdan) HTML CSS JS Bootstrap SASS JQUERY AJAX REACT o'rganish juda qiyin. Balki bo'sh vaqti ko'p, juda aqlli bolalar, misol uchun matematika olimpiadaning doimiy g'oliblari uddalashar, lekin o'quvchilarning aksariyati oddiy odamlardir. Fikrimcha, bularga nafaqat 3 oyda, balki umuman React/Redux ni o'rgatish foydali ish emas, buni o'rniga ancha soddaroq texnologiyalarni, misol uchun WordPress ni o'rgatish kerak. Va WordPressni ularga o'rgatish ham oson ish emas. Haqiqat shuki, dasturlash qiyin kasb, odamlarning aksari uni uddalay olishmaydi, shundan dasturchilarga ko'p pul to'lashadi.

Xullas bu va'da qilingan texnologiyalarni tez o'rganish qiyinligi sababidan, aksar o'quvchilar faqat yuzaki tushunchalarni olishadi, va... kurs tugaydi.

Maslahat shuki, o'quv markazilarning va'dalariga ishongmanglar. Tez yo'l yo'q, oson yo'l yo'q. 3 oyda oddiy o'quvchi dasturchi bo'lib qolish mumkunligiga ishonmayman. Faqatgina qiyin, hammaga tanish asta-sekin o'rganish yo'li bor.

Dasturchilarning darajalari

Boshlayatgan

Hech nimani bilmaydi, endi o'qiyapti. Bundaylarni ishga olishmaydi. Shundaylar o'quv markaziga borishadi, yoki internetdan o'rganishadi.

Ishxonada shogird

Nimadir biladi, lekin ishxonaga foyda keltira olmaydi. Odatga o'quv markazini bitirgan yoki internetdan ko'p narsalarni o'rgangan bo'ladi. Ishxonaga qabul qilingan chunki qobiliyatlari yuqori, yoki tanishlari bor. Ishxonaga shogirdlikka ishga kirish qiyin, va ko'plar buni xohlashadi, chunki "tekin o'rganishku". Tekin o'rganishganidan keyin ko'proq to'laydigan korxonalarga surishadi. Shu sababdan shogirdlikka oladigan ishxonalar kam.

Kenja dasturchi

Inglizchasiga "junior" dastuchi deb ataladi. Bu dasturlashni biladigan, kichik topshiriqlarni bajara oladigan dasturchi. Dasturlashni yaqinda o'rgangan.

Orta dasturchi

Inglizchasiga "middle" deb ataladi. Pulga dasturlashni boshlaganiga 2-6 yil bo'lgan.

To'ng'ich dasturchi

Inglizchasiga "senior" deb ataladi. Pulga dasturlashni boshlaganiga kamida 6 yil bo'lgan. Ko'p narsani biladi, malakasi yuqori. Jamoani ham boshqara oladi, loyihaning me'mori ham bo'la oladi.

Ish turlari

Oddiy ishxonadagi ish

Ertalab ishxonaga kelasiz, kechqurun ketasiz, kunda 8 soat ishlaysiz. Eng ko'p uchraydigan ish.

Maosh jadvali

boshlayatgan ishga olishmaydi
ishxona shogirdi 0 yoki avtobusga va tushlikka yetadigan
kenja 100$-400$
o'rta 300$-900$
katta 700$-2000$

Buyurtmakashlik

Buyurtmalarni topasiz, bajarasiz, pul topasiz. Ko'pincha asosiy ishdan tashqari buyurtmakashlik bilan shug'illanshadi.

Internet buyurtmakashlik

Internet buyurtmakashlik - bu degani uyda o'tirib internetdan buyurtmalarni topasiz, va bajarasiz. Buyurtmalarni shu saytlardan topsa bo'ladi: upwork.com, freelancer.com, guru.com, fl.ru.

Maoshni esa internet yoki karta orqali jo'natishadi. Misol uchun Upwork sizga Payoneer plastik kartani jo'natadi va topgan pulingizni bankda mazkur kartadan yechib olsangiz bo'ladi.

G'arb saytlarida ishlash uchun ingliz tilini bilish shart, sobib ittifoq saytlarida - rus tilini.

Internet buyurtmakashlikni boshlash qiyin. Menimcha sobiq ittifoqda g'arbga qaraganda ish topish osonroq.

Maosh jadvali

hudud O'zbekiston atrofi (sobiq ittifoq) Dunyo
boshlayatgan ishla olmaysiz ishla olmaysiz
frilanserning shogirdi 0 0
kenja 3-6$ soatiga ?
o'rta 5-12$ soatiga ?
katta 10-$ soatiga ?

Internet ish

Internet orqali bitta muayyan korxonaga ishlash. Misol uchun Ouropada qaysidir firmaga dunyodagi eng zo'r dasturchilari kerak. Evropa dasturchilari esa boshqa ko'rxonalarda ish bilan band. O'sha ko'rxona nima qiladi? Internet orqali dunyodagi boshqa joylardan ixtidorli dasturchilarni qidirishni boshlaydi. Topadi, va ular bilan internet orqali ishlashni boshlaydi. Maoshni esa bank orqali jo'natadi.

Menimcha sobiq ittifoqda g'arbga qaraganda ish topish osonroq.

Maosh jadvali

hudud O'zbekiston atrofi (sobiq ittifoq) Dunyo
boshlayatgan ishga olishmaydi ishga olishmaydi
shogird ishga olishmaydi ishga olishmaydi
kenja ishga olishmaydi ishga olishmaydi
o'rta 600$-2000$ ishga olishmaydi
katta 1200$-4500$ 3500$-12500$

Chet eldan ishga chaqirishsa

Internet orqali ish topasiz, so'ng sizni ishga chaqirishadi, va chet elga ishlash uchun ko'chib ketasiz.

Menimcha sobiq ittifoqda g'arbga qaraganda ish topish osonroq. Va shunday bo'ladiki, sizni sobiq ittifoq hududida faoliyatini olib boryatgan mutaxassislarni izlaydigan korxona topadi (rekruting firmasi), va g'arbga boshqa firmada ishga jonatadi, va sizni topib bergani uchun g'arbdagi firmadan hizmat haqini oladi.

Maosh jadvali

hudud O'zbekiston atrofi (sobiq ittifoq) Dunyo
boshlayatgan ishga chaqirishmaydi ishga chaqirishmaydi
shogird ishga chaqirishmaydi ishga chaqirishmaydi
kenja ishga chaqirishmaydi ishga chaqirishmaydi
o'rta 1000$-2000$ ishga chaqirishmaydi
katta 1500$-4500$ 3500$-12500$

Chet elga ketib ish topish

Birinchi chet elga ketasiz (hammasi rasman bo'lishi kerak), keyin u yerda ishni topasiz. Mashxur usullardan biri - chet el oliygohiga o'qishga ketish, va o'qib ishlash.

hudud O'zbekiston atrofi (sobiq ittifoq) Dunyo
boshlayatgan ishga olishmaydi ishga olishmaydi
korxonada shogird ? ?
kenja ? ?
o'rta 1000$-2000$ ?
katta 1500$-4500$ 3500$-12500$

Oylik misollari

Mana misol uchun https://t.me/uzdev_jobs dan olingan O'zbekistonda dasturchilarga taklif etiladigan e'lonlaridan iqtiboslar.

-  Tajribaga qarab $800 dan $3200 gacha (qo’lga tegadigan summa) 

Yuqoridagi e'lon O'zbekistonda men ko'rgan eng katta dasturchilarning maoshidir.

- 8+ years of experience in .NET, C#, ASP.NET MVC, MS SQL. We are looking for only Senior Level developers.
- Salary from $1600.
•  ЗП от 5.000.000 сум (по результатам собеседования);
в час от 3$ до 15$ в зависимости от опыта и квалификации;
- Опыт работы на менее 1 года
- До 4 000 000 сум (в зависимости от опыта)

Quyida https://stackoverflow.com/jobs/remote-developer-jobs dan olingan e'lon. Bu elon bo'yicha dasturchiga 70 ming evrodan 90 ming yevrogacha yiliga to'lash tayyor. Ish esa internet orqali, bu degani O'zbekistonda o'tirib ishlay olasiz.

Senior Software Engineer, Frontend (Remote)
€70k - 90k (Remote)

O'zbekistonda o'tirib chet ellik firmaga ishlaydigan odamlar yo'q emas. Albatta bu uchun ingliz tilini yaxshi bilish shart.

https://t.me/UstozShogird, https://www.facebook.com/groups/tasdev.jobs/ ham ish e'lonlarini topsangiz bo'ladi.

Tosig'lar

Erinish

Erinmang.

Usozdan o'zingizga ovqatni qo'yishni kutish

Ustoz yo'nalishni ko'rsatadi, shu yo'ldan yurish ishingizdir. Ustozingzni ishi sizni opichib shu yo'ldan olib borish emas, shuni tushininglar. Ustoz sizga tog'ni ko'rsatadi, qanday qilib unda chiqsa bo'ladi qisqacha tushuntirib beradi, ishingiz esa oyog'laringizni qimirlatib shu tog'ga chiqishdir. Ishingiz aynan shu. Charchab tog'ga chiqadigan o'quvchilar muvafaqqiyatga erishadi, noliydiganlar esa mag'lubiyatga. Faqatgina o'sha tog'ga chiqsangiz oyog'ingiz kuchli bo'ladi, opkangiz, yuragingiz chiniqadi, irodangiz oshadi. Nima siz xohlaysiz, ustoz sizda maxsus do'ri bersin, va birdaniga mushaklaringiz ishib ketib polvon bo'lib qolishnimi? Hech qanday mehnat qilmasdan? Hayotda shunday dorilar uchramaydi, uchrasa ham tezgina pusayib ketasiz. Yoki ustoz sizni opichib olsin, va o'zi tog'ga olib chiqsin? Siz esa mazza qilib orqasida dam olib o'tirasizmi? Ustoz bunday qilsa sizga mashqlardan hech qanday foyda bo'lmaydiku, hech narsani o'rganmaysizku. Oyog'ingiz, yuragingiz, butun badaningizga jismoniy foyda umuman tegmaydi. Xohlasangiz 1 yil shunday shug'illaning - foydasi 0. Ammo aynan shuni xohlayapsiz. Ko'p to'lanadigan kasblarni o'rganish puliga yarasha qiyin.

Dasturchinign ishi doimiy o'rganishdan iborat, doimo yangi yechish kerak bo'lgan misollarni yechishga to'g'ri keladi. Dasturchi bo'lish uchun mustaqil ravishda o'rganishni o'rganish kerak. Mustaqil ravishda qiyin misollarni yechishni o'rganish kerak. Dasturlash sohasida 10 yil ustozga boring, mustaqil o'rganishga, mustaqil ravishda umuman notanish misollarni yechishni, mustaqil harakat qilishni o'rganmasangiz dasturchi bo'lmaysiz, yoki yomon dasturchi bo'lasiz.

Faqat ustozlarning darslari yetarli emas. Ingliz tilini o'rganaman desangiz faqat o'quv markazidagi darslar yetarli emas. O'zingiz topib ingliz tovush kitoblarni tinglab yurishingiz zarur. Ingliz adabiyotini topib o'qishingiz zarur. Ingliz tilini biladigan odamlarni topib ular bilan gaplashishingiz zarur. Ingliz tilda matn yozishingiz zarur.

Dasturlashni o'rganaman desangiz ustozlarning darslari yetarli emas. Internetda darslarni topib o'rganishingiz kerak. Shaxsiy saytingizni qurishingiz kerak.

Xullas dasturlashni o'rgana olasizmi yoki yoqmi - javobgar aynan siz. Ustozlaringiz emas. Nima yomon ustoz bo'lsa, boshqa ustozga o'tib ketish qiyinmi? Internetda yomon darsni topgan bo'sangiz boshqa darsni topish qiyinmi?

O'qish jarayonida ustozingizdan asta sekin ajrashingiz kerak. Eng boshida ko'proq ustozingizga tayanasiz, va keyin muammolaringizni ustozsiz hal etishni o'rganasiz.

Mustaqil qarorlardan, amallardan ko'rqish

Mas'uliyatdan qochish, chunki ma'suliyat olsangiz, birdaniga o'z o'zingizga javobgarsiz, ustozingiz emas. Yaqqol ko'rinib turibdiki, bu mag'lubiyatga olib keladi.

Sabrsizlik, shoshqaloqlik

Men dasturlashni tezroq o'rganmoqchiman. Nimaga bu topshiriq o'zi kerak? Xuddi vaqtimni yo'qotiyotkanimdek tuyulyapti. Menga buni tushuntirib bering, tezroq bo'ladi, uni ham tushuntirib bering, uni ham, qoshiqni og'izimga qo'yishni ham tushuntirib bering, o'zim anglab tushunganimdan ko'ra tezroq bo'ladi.

Shuni tushuning iltimos, sizga ustoz hamma narsani o'rgatib bersa, sizda dasturchilarga zarur bo'lgan mustaqil o'rganish ko'nikmasi xosil bo'lmaydi. Sabr qilmasangiz sizda dasturchilarga zarur bo'lgan chuqur fikrlash ko'nikmasi xosil bo'lmaydi. Bitta kichkina topshiriqqa 1 hafta sarflasangiz, bu sekin emas, bu oddiy xolat.

Tez yo'l yo'q deb yozdimku. Oson yo'l yo'q. Faqat sekin qiyin yo'l bor. Lekin dasturchilar shu yo'ldan o'tadi va oyiga 1000 dollar topadi. Hech bir inson sizga tushuntirib-tushuntirib sizdan tayyor dasturchi pishirib qo'ya olmaydi, yoki pishirsa ham yarim-xom kulcha chiqadi. Boshqa sohalar shunday emasdir, lekin dasturchilik aynan shunday.

Amaliyotga beparvolik

O'quv markazilarda ko'p uchraydigan xolat. O'quvchilar amaliyotga beparvo, uy vazifasiga beparvo, uyda mustaqil ishlashga beparvo. Bunday xolatda yarim yil o'qiganingizdan so'n'g uyga kelib hech nima qila olmaysiz. Na sayt, na mobil ilova. Chunki duradgor bo'lish uchun (taxta bilan ishlaydigan usta) nafaqat duradgorlikni "o'rganish" kerak, balki qo'lga randani olib haqiqiy ishni qilish kerak. Qilgan saytlaringizni soni 0 bo'lsa, demak ehtimol foyda keltiradigan bilimingiz 0 dan uzoq ketmagan. Qanaqa kuch bilan asboblarni urishni, qanday burchakda asbobni ushlashni, qanday qo'l qayiltirishni ustozingiz o'rgatmaydi, faqatgina tahminiy bir-ikkita soz aytadi "qo'lingni yuqori qo'y, o'rtacha kuch bilan ur". Buni eshitsangiz nimadir chunasizmi? Yo'q. Faqatgina qo'lingiz bilan ming marta ursangiz o'shanga miyangiz aslida nima qilish kerak bo'lganligini tushunadi. Huddi shunday dasturlashda. Ko'p narsalar o'rgatilmaydi, balki amaliyotda tushuniladi. Shu sababdan amaliyotga beparvo bo'lgan talabalarning foydali bilimi 0 dan uzoq ketmagan deyapman. Amaliy ko'nikmalarni so'z bilan o'rgatsa bo'lmaydi, faqat ish bilan. Shunday gaplar.

O'zingizni dasturchi deb qachon atasangiz bo'ladi? Faqatgina mustaqil ravishda sayt yoki boshqa loyihani qursangiz.

Ishlash uchun tajriba kerak, tajriba uchun ish kerak muammosi

Xullas ish beruvchilar tajribani talab etishadi. Ammo tarjibani yig'ish uchun ishga kirish kerak. Shunday muammo bor. Kamida odamlarning ongida shunday muammo bor.

Lekin dasturchilar uchun bu to'g'ri emas. Tajribani yig'ish uchun ishga kirish kerak emas. Nima, tanishingiz uchun tekinga sayt tayyorlab berolmaysizmi? Qarindoshingiz uchun telefon ilovani? O'zingiz uchun kichik "2048" o'yinni? Kim sizga ruhsat bermaydi? Internetda qo'llanmalar, darsliklar, ma'lumot liq. O'qiysiz, saytingizni qurasiz, va natijada tajribani yig'asiz.

Telefon, o'yinlar, komputer, telegram, instagram, prikollar

Dars qilyatganingizda telefonning internetini o'chirib qo'ying. Komputerda telegramlarni o'chirib qo'ying, o'yinlarni umuman o'chirib tashlang.

Diqqatingizni bir qismi telegramdan yangi xabarning kelishini kutishini xohlamaysizmi? Uy vazifangizni qilganingizda aqlliroq bo'lishni xohlaysizmi? Unda telegramni o'chiring.

Nafs hech qachon qiyin lekin foydali ish bilan shug'illanishni xohlamaydi, nafs zavqli ishlarni xohlaydi. Nafs dars qilishni emas, mazzali ovqat yeyishni xohlaydi. Nafs ilm eggalashni emas pirikollarni interenetta ko'rishni xohlaydi. Nafs instagramni kavlashni xohlaydi, o'yinlarni o'ynashni xohlaydi. Shu deb kim nafsni yengishni o'rgansa muvaffaqiyatga uchraydi erishadi.

Mayli, aytaylik o'zingizni dars qilishga majburlab xontaxtaga o'tirdingiz va mashqlarni boshladingiz. Sal vaqt o'tib juda qiyin bo'lib ketdi. Shunday vaqtda nafs sizni yengishni boshlaydi.

Nima qilasiz qiyin misolga vaqtni sarflab? Ana, instatelegram turibdiku, o'shanga kirib dam olmaysizmi?

Mana, teleinstagramga kirdingiz va vaqtingizni yarimi o'shanga ketib qoldi. O'sha uchun umuman komputeringizdan tele, insta, facebu va boshqa hamma gramlarni o'chirib tashlang, o'yinlarni ham. Telefoningizni o'chirib boshqa xonaga, uzoqrog'roqqa qo'ying.

O'yin kulgu, o'rtog'lar

Umuman bekorchilar bilan do'stlashish kerak emas, chakadiganlar bilan do'stlashish kerak emas, maxtanchoqlar bilan, "karoche-maroche" lar bilan, xullas tushundingiz. O'rtog'lardan fellari sizga ham o'tadida.

Bekorchilar bilan do'stlashsangiz balki bekorchi bo'lib qolasiz. Ziyolilar bilan do'stlashsangiz balki aqlliroq bo'lib qo'lasiz. Puldorlar bilan do'stlashsangiz balki pulingiz ko'payar. Ro'stgo'ylar bilan do'stlashsangiz balki yaxshiroq odam bo'lib qolarsiz.

Xullas o'rtog'lar bilan choyxonada o'tirish o'rniga uyingizda dars qilib o'tiring. Dasturlashni o'rganyatgan sheriklarni toping. Misol uchun ustoz-shogird telegram sahifasidan.

Televizor, kinolar, ashulalar, va boshqa umringizni so'radigan omillarni bekor qiling.

Dasturchiga zarur bo'lgan ko'nikmalar

Mustaqil o'rganish ko'nikmasi

Aytaylik ishga kirdingiz. JavaScript, React.js ni ustozingiz sizga amallab o'rgatgan. Ishda esa qo'shimcha Redux dan foydalanisharkan. Nima qilasiz? "Eee, ustozim menga Redux-ni o'rgatmagan deb o'tirib olasizmi?" Yoki hamma oddiy dasturchilarga o'xshab internetga kirib Reduxni 1-2 haftada o'rganib olasizmi?

Dasturchi doimo yangi texnologiyalarni o'rganadi, doimo yangi bilimlarni oladi. Doimo internetdan bilmagan narsalarini izlaydi. Oddiy dasturchi kunda googlega nimanidir topish yoki o'rganish uchun balki 5-50 marta kiradi. Shunday kunlar bo'ladiki, kun bo'yi o'rganib o'tirasiz, umuman ish qilmasdan, chunki ish qilish uchun birinchi o'rganish kerak.

Nimaga shunday? Nimaga dasturchi doimo o'rganishga, ma'lumot izlashga majbur?

  1. Chunki ma'lumot juda ko'p, uni hammasini birdan o'rganish imkonsiz

    Shu sababdan ham ustozingiz sizga dasturlashni o'rgata olmaydi, chunki barcha kerak bo'lgan texnologiyalarni yaxshi o'rgatishga 1 yil ham kam. Misol uchun PHP Laravel, MySQL ni ustozingiz o'rgatdi. Lekin Laravelda "qadam-ma-qadam migration" larni o'rgatmadi. Chunki shu narsadaka kichkina tafsilotlarning soni million. Laravelni butun ikir-chikirlarini o'rganishga vaqt yetmaydi. Va buni dasturchilardan hech kim qilmaydi ham, chunki gugl borku.

    Nima qilasiz? Guglga o'rganmoqchi bo'lgan narsani terasiz, va darrov kerakli ma'lumot chiqib keladi. O'rganasiz, va bo'ldi, tayyorsiz.

  2. Eski texnologiyalar yo'q bo'lib ketadi, yangilar paydo bo'ladi

    Bir nechi yil oldin Nokia telefonlari bo'lgan. Nokia telefonlari uchun ilovalar, o'yinlar qiladigan dasturchilar ham bo'lgan. So'ng Nokia "o'ldi". Nima, dasturchilar ishsiz qo'lib ketdimi? Yo'q. Ular Android yoki iOS yoki boshqa texnologiyarni o'rganib ishni almashtirishdi.

    Bir nechi yil oldin mashxur Angular 1 degan texnologiya bo'lgan. Va unda ishlaydigan dasturchilar ham. Birdaniga Angularni ishlab chiqaradigan Google korxonasi e'lon qildi - "Angular 1 ni yopamiz, uning o'rniga Angular 2 chiqarmoqchimiz, lekin u boshqacha bo'ladi". Dasturchilar nima qildi? Ularga Angular o'rgatgan ustozga borib "Ustoz, bizga Angularni o'rgatgan edingiz, endi Angular 1 ni o'ldirishmoqchi, Angular 2 ni chiqarishmoqchi. Lekin Angular 2 rasman chiqishigacha hali ancha bor, va baribir u boshqacha bo'lar ekan. Bizga Reactni o'rgating. Reactni o'rgatsangiz, biz yangi ishga o'tib ketardik." deyishdimi? Yo'q albatta, ko'p-katta kishilarku ular axir. Internetga kirib React yoki Emberni o'rganishdi, bo'ldi.

    Bunday eski texnologilaradi orqada qolib ketishi va yangi texnologiyalar paydo bo'lishi DOIMO, DOIMO, DOIMO sodir bo'ladi. Internetdan o'rganishni bilmasangiz, siz qanday dasturchisiz? To'g'ri, ishsiz dasturchisiz.

    Yana misol.

    Korxonada ishlayapsiz. Bugungi loyiha uchun dasturchilar jamoasi MySQLdan foydalanyapti. Keyingi loyiha uchun MongoDB ni tanlashdi, chunki u "zo'r". Keyingisida MongoDB "zo'r" emasligi tushunishdi, va PostgreSQL ga o'tishdi. Qanday qilib dasturchilar bir texnoloyadan ikkinchisiga sakrab yurishadi? Gap shundaki, ular shu texnologilarni internetdan o'rganishadi. Internet eng yaxshi va o'ta bilimdon ustoz.

    Yana misol.

    Korxonada ishlayapsiz. Kichik saytlarni qilasiz. Bitta mijoz keldi. Saytiga oynachada chiqib keladigan rasmlarning ketma-ketligi kerak ekan. Lekin oldin hech bunday narsa qilmagansiz. Nima qilasiz? "Yo'q, uzr, bunday narsani o'quv markazimda o'rgatishmagan" deysizmi? Yoki haqiqiy dasturchiga o'xshab internetni ochib o'rganasizmi?

    Ikkinchi mijoz keldi. Uning saytida vaqtni "xabar joylandi 5 soat oldin" yoki "xabar joylandi 1 yil oldin" shaklda chiqarish kerak. Yana buni qilishni internetdan o'rganish kerak, chunki bilimingiz yo'q, oldin qilmagansiz.

    Keyingi mijoz - "saytimga feysbukka ulangan izohlar kerak" . Bunday narsani qilishni umuman bilmaysiz, tasavvuringiz ham yo'q. Biron-bir odam qilganini ham eshitmagansiz. Nima qilasiz? INTERNETDAN O'RGANASIZ. Tuzuk dasturchilar shunday qiladi - internetdan o'rganishadi.

  3. Juda ko'p xatoliklar, bilim yetishmaslikdan to'sig'lar

    Dasturlayatganingizda dasturingiz ko'pincha siz xohlayatganday ishlamaydi. Juda ko'p xatoliklar, qo'ng'izlar chiqadi. To'g'ri bir narsani qilishga bilim yetishmaydi. Mana shunda internet ko'makka keladi. Sizda chiqyatgan xatolikni guglga terasiz, misol uchun JavaScript Uncaught TypeError: is not a function, va darrov nimaga shunday xatolik chiqishini va yechimi to'g'risida ma'lumot chiqib keladi.

    Yoki JavaScriptda uchta so'zning barcha birikmalarini topish kerak. Bunday vazifa qanday qilinadi - bilmaysiz. Qanday yo'l tutish kerak? Guglga borasiz, u sizga aytib beradi. Guglda JavaScript all combinations of words terasiz, va birinchi havolada javob tayyor turibdi.

Umid qilamanki, dasturchilik bu doimiy o'rganish, doimiy izlanish, ma'lumot topish kasbiligini tushundingiz. Afsuski, buni o'quvchilarga tushuntira olmayapmiz, shu deb ularga "bor internetdan top" desangiz, ularga bu gap uncha yoqmaydi, va "o'zingiz o'rgating" deyishadi. Har doim o'zimiz o'rgataversak, sizlarda qanday qilib internetdan izlash ko'nikmasi hosil bo'ladi? Velosipedni minishni o'rganish uchun velosipedni minib ko'rish kerak, va bunga ko'p vaqt sarflash kerak. Ko'p vaqt minishga urinish kerak. Internetdan o'rganishni o'rganish uchun internetdan o'rganishga urinib ko'rish kerak. Ko'p vaqtni internetdan o'rganishga urinishga sarflash kerak. Va bu oson emas, bu ko'nikma asta-sekin hosil bo'ladi.

Internetdan o'rganish to'g'risida batafsilroq shu maqolamda yozganman.

Mustaqil fikrlash, yechim topish, tahlil qilish ko'nikmasi

Umuman notanish masalani ham ustozning yordamisiz yechsa bo'ladi. Qanday qilib? Ko'p o'ylab. Hech bo'lmasa internetdan qidirib. Lekin bu bo'limchada internet to'g'risida gap ketmaydi.

Shu bor narsa - o'quvchilar bitta misolga 1 soat sarflashga erinishadi. 1 hafta to'g'risida gapirmasa ham bo'ladi. O'zim o'qiyatganimda yarim o'quv yilida tahminan 15 misol yechar edik adashmasam. 15 misol yarim o'quv yilida! O'quvchilar esa bitta misolga 1 soat sarflashga erinishadi. Dasturchi bu chuqur fiklaydigan, ongida yechim rejasini tuzadigan odam. Ishga kirsangiz bitta katta bo'lmagan vazifani bajarishga, bitta qo'ng'izni tutib olishga ikki hafta, biy oy, yoki undan ko'p vaqt ketishi mumkin.

Misol

Ishga kirdingiz. Bitta katta korxonaga. Korxonaning saytida bitta qo'ng'iz bor ekan. Yarim yil oldin paydo bo'lgan, va tahminan har ikki hafta chiqib turadi. Sizga vazifa berishdi. O'sha qo'ng'izni tutib olish. Siz umuman bilmaysiz, nima uchun u qo'ng'iz paydo bo'lgan, qanday shartlarda u o'zini ko'rsatadi, saytning qaysi qismida izlashingiz kerak. Nima qilasiz?

- Eee, menga buni ustoz o'rgatmagan - deb o'tirib olasizmi?

Korxona sizni haydab yuboradiku. O'rningizga boshqa dasturchini oladi. U ham bu qo'ng'izni tutishni bilmaydi, lekin amallab, fikrlab, tahlil qilib yolini topadi, va tutadi.

Dasturchining vazifalaridan biri - yechimi nomalum bo'lgan muammolarni yechishdir.

Malakaning o'zi

Birinchi ishingizga kirish uchun past malaka yetadi. Chet elga ishga ketish uchun yuqori malaka kerak.

Ko'p vaqt davomida ishlayatgan bo'lsangiz, ko'p dasturlashga oid kitoblar o'qigan bo'lsangiz, katta murakkab loyihalar bilan ishlagan bo'lsangiz, uyda bo'sh vaqtingizda yangi texnologiyalar va tamoyillar bilan tajriba qilgan bo'sangiz, demak malakali dasturchisiz. Dasturlashga oid kitoblar o'qish o'rniga butun bo'sh vaqtingizni futbol ko'rishga va feysbukda bekorchilikka sarflagan bo'lsangiz - ehtimol malakali dasturchi emassiz.

Ikkinchi qadam

Birinchi ishingizga kirish

Dasturlashni o'rgandingiz. Qanday qilib ishga kirsa bo'ladi?

Qilgan ishlaringiz

Qilgan ishlaringizni tayyorlab qo'ying. Internetga joylang, yoki komputeringizda tayyorlab qo'ying. Kodini ham ko'rsatishga to'g'ri keladi. Github.com ga joylasangiz yaxshi.

Sodda algoritmlar

Suhbat jarayonida sizdan sodda algoritmlarni yechib berishni so'rashlari mumkun. Misol uchun "puffakchasiga tartiblash". Yoki boshqa xohlagan yo'lingiz bilan sonlarni tartibga keltirish. Yoki fibonachi sonlarini rekursion orqali chiqarish.

Puffak usulida tartibga keltirish

Yuqoridagi rasmda puffak usulida tartibga keltirish ko'rsatilgan. Rasm shu yerdan olingan. Ruxsatnoma - Creative Commons Attribution-Share Alike 3.0 Unported.

Mantiqiy misollar

Yoki mantiqiy misollar berishlari mumkin. Misol uchun.

Poezd bor. Halqa temir yo'l bo'yicha xarakatlanadi. Birinchi vagoni oxirgi vagoniga ulangan. Har bir vagonda chiroq bor, qaysilari yoquq, qaysilari o'chiq aniq bilmaysiz. Poezd yo'lovchisiz. Vazifangiz - poezdning uzunligini bilish. Vagondan vagonga o'tsangiz bo'ladi, chiroqlarni yoqsangiz va o'chirsangiz bo'ladi.

Ha, yuqoridagi misol 10 daqiqada yechish uchun juda qiyin, sizga ehtimol ancha soddaroq savolni berishadi.

Texnologiyalarga oid bilimlarni tekshirish

Misol uchun JavaScript dan bilimingizni tekshirmoqchi bo'lishsa shunday savollarni berishlari mumkin.

  1. var bilan let farqi.
console.log(a);
var a = 10;
console.log(a);
let a = 10;

Yuqoridagi kod misollari qanday ishlashadi?

  1. Quyidagi misol qanday ishlaydi?
function a() {
    if (10 > 5) {
        var b = 1
    }
    console.log(b)
}
a()
console.log(b)
  1. => bilan function farqi.

  2. this nima?

var a = {
    xabar: "Assalomu alaykum",
    salom: function () { console.log(this.xabar); }
}
a.salom()
var b = a.salom
b()

Yuqoridagi dastur qanday ishlaydi?

Lekin oddiy saytchi, WordPressda qolip bo'yicha saytlar qilib beradigan odam sifatida ishga kirmoqchi bo'lsangiz, unda balki sizga ancha osonroq vazifalarni berishadi, va qilgan isharingizni ko'rsatishni so'rashadi.

Internet buyurtmakashlikni boshlash

Internet buyurtmakashlikni boshlash qiyin. Malakangiz bo'lmasa - yaxshisi avval oddiy ishga kiring.

Birinchi bo'lib sayt tanlanadi. Ruscha buyurtmakashlik - fl.ru. Inglizcha buyurtmakashlik - upwork.com, freelancer.com, guru.com.

Saytni tanlaganingizdan keyin u yerda bahoingizni, obro'ingizni oshirishigiz kerak. Bu uchun tanishlaringizdan biriga arzonga sayt qilib berasiz, u esa sizga misol uchun upwork.com dan haqingizni to'laydi, va sharh ham qoldiradi. Natijada o'sha saytda bahoingiz oshadi. Boshida shunday tarzda ishlab turishga to'g'ri keladi, keyin esa saytning o'zidan tuzuk ishni topish jarayoni osonlashadi.

Chet elga ishlashga ketish

Chet elga ishlashga ketish uchun malakali dasturchi bo'lib yetishgan bo'lishingiz zarur. Chet elga to'ng'ich dasturchilarni chaqirishadi, firkimcha o'rta dasturchilarni ham.

Xullas birinchisi - malaka.

Ikkinchisi - reklama. Reklamaga nima kiradi?

  • Shaxsiy saytingiz. U yerda qilgan ishlaringiz, biladigan texnologiyalaringiz to'g'risida yozasiz. Mana shaxsiy saytning misoli dr-alex.de, startbootstrap resume, nisrulz.com.
  • Blog. Bu shaxsiy sayt kabi, lekin bu yerda maqolalarni yozib turasiz. Maqolalarga qarab odamlar qanday darajadagi mutaxassisligizni tushunadi. Ingliz tilida yozsangiz maqsanga muvofiq - chunki chet elga ketmoqchisizku. Chet elga ketish uchun, chet eldagi korxonada ishlash uchun ingliz tilini bilish kerak. Blogda ko'roq murakkab darslar, mutaxassislar uchun maslahatlar bo'rsa ham yaxshi. Blogda juda sodda maqolalar bo'lsa, misol uchun boshlang'ich Python darslari, baribir yozishga afzal, chunki blog ingliz tilingizni darajasini ko'rsatadi. Blogning misoli - 2ality.com, overreacted, crushingcode.nisrulz.com, adityasridhar.com
  • Githubda kod. Siz haqiqattan ham ayrim texnologiyalarni eggalaganizni ko'rsatish uchun o'sha texnologiyalardan foydalanib loyihani qurasiz va githubga joylaysiz. Natijada xohlagan odam yozgan kodingizni ko'ra oladi va darajangizni bilib oladi. Misollar - nisrulz, aditya-sridhar.
  • Ish e'lonlar saytida ro'yxatdan o'tish. Buni qilmasangiz ehtimol sizni hech kim topa olmaydi. Misol uchun hh.ru, moikrug, stackoverflow jobs, linkedin.

Uchinchisi - ingliz tili. Yoki sobiq ittifoq mamlakatiga ketmoqchi bo'lsangiz - o'ris tili. Ammo blogni baribir ingliz tilida yozishni tavsiya etaman, chunki dasturchilarning tili - ingliz tili.

Dasturchining xaritasi (Xom)

Quyidagi dasturchining xaritasiga qaysi dasturchi bo'lish uchun qaysi texnologiyalarni o'rganish kerak to'g'risida yozilgan. Xatolar va noaniq ma'lumot bo'lishi mumkin, chunki hamma sohalarni yaxshi tanimayman, lekin yo'qdan yaxshiroq.

dasturchining xaritasi
dasturchining xaritasi

Qiziqarli ma'lumot

Taniqli o'quv markazlari

Sifatiga javob bermayman.

  • PDP
  • CodeClass
  • bepro
  • PROWEB
  • Najot Taʼlim

O'zimnig dasrlarim ham bor. SUBH nomi ostida darslar beryapman, o'zimni zo'r demayman, lekin kamida dabdala ham emasman. Telefonim pastroqda bor. Faqatgina maslahat so'rashga yoki xohlasangiz darslarimga yozilshga qo'g'iroq qilsangiz bo'ladi.

Darslarim

Sizda shunday ko'nikma paydo bo'lsinki - umuman notanish muammoga yuzlansangiz, yechimini o'zingiz topib keting. Umuman notanish sohaga yuzlansangiz - o'zingiz uni o'rganib keting. Shuni xohlar edim.

Quruq dasturlash texnologiyalardan tashqari shu ko'nikmalarni o'rgatadigan darslarni bermoqchiman. Albatta bunday tarzdagi darslarni qurishga vaqt kerak, tajribalar kerak, shu deb va'dalarni bermayman. Va bittasi aniq - o'quvchilarimga qiyin bo'ladi. Shu ko'nikmalarni hosil qilish yagona ko'ryatgan yo'lim - qiyinchilik va harakat.

Yoqqan bo'lsa va qiyinchiliklardan o'tishga tayyor bo'lsangiz, darslarimga yozilsangiz bo'ladi.

Metod o'quv markazi hamkorligida darslarni beraman. Kelib u yerda ingliz va o'ris tillaridan dars olsangiz bo'ladi.

Men

Ismim Komilxon. Dasturlashni qiziquvchilarga o'rgataman. Batafsil - shu yerda. Telefonim - +998909739543.