Ingliz tilida internetda dasturlashni o'rganish va ma'lumot topish - yoriqnoma (2019)

Asboblar

Izlash uchun faqatgina google.com kerak bo'ladi.
Yandex emas, duckduckgo emas, aynan gugl.

Altatta komputer ham kerak bo'ladi. Ba'zi narsalarni telefonda ham o'rgansa bo'ladi, ko'pini esa o'rganishga qiynalasiz.

Yangi texnologiyarni o'rganish

Yangi narsani o'rganish uchun o'sha narsaning nomini, keyin esa quyidagi yordamchi so'zlardan birini kiritasiz

  • Tutorial - amaliy qo'llanma
  • Interactive tutorial - o'zarofaol qo'llanma
  • Lessons - darslar
  • Course - bosqich
  • Learn - o'rganish
  • Crash-course - tezkor bosqich
  • 101 - asosiy bosqich

Tutorial va Interative tutorial to'g'risida batafsilroq.

Tutorial

"Tutorial" amaliy qo'llanmani anglatadi. Amaliy darslar kerakmi? Kerak emas nazariyasiz? Unda tutorial so'zidan foydalanib qidiring. Masalan css-ni o'rganish uchun google.com da quyidagini tering.

css tutorial

Tutorial so'zidan foydalanib izlash
Tutorial so'zidan foydalanib izlash

Interactive tutorial

"Interactive tutorial" - o'zarofaol qo'llanma. O'yinsimon, qiziqarliroq darslar. Va hamma narsalarni siz uchun chaynab tushuntirib bermaydi. Kallangizdan foydalanishingiz kerak bo'ladi. Yaxshi tanlov, lekin internetda uncha ko'p emas. Ko'plari pullik. Masalan javascript o'zarofaol darslarni topish uchun guglda quyidagini terasiz

javascript interactive tutorial

Interactive tutorial so'zlardan foydalanib izlash
Interactive tutorial so'zlardan foydalanib izlash

Boshqa misollar

python course
learn c#
java lessons

Videolar

Video darslar kerak bo'lsa googla Video ga bosasiz

guglda videolar
guglda videolar

Tavsiya

Hullas mening tavsiyam: O'zarofaol darslardan o'rganing (interactive). Kerak bo'lgan texnologiyani topa olmasangiz, yoki tushunarsiz bo'lsa amaliy qo'llanmalarga o'ting (tutorial). Bo'ldi. Boshqa narsalar kerak emas balki.

Birinchi dasturlash tilingizni o'rganish uchun kitobni o'qisa ham bo'ladi. Kitobda batafsil tushuntiriladi, ammo amaliyot oz.

Xatolarni topish

Aytaylik dasturlashni o'rgandingiz, va dastur tuzyatgan payitingizda xatolik chiqib qoldi. Guglda texnologiyani nomini va xatolikni kiritasiz. Masalan Pythonda list index out of range xatoligi chiqadigan bo'lsa, guglda

python list index out of range

terasiz.

Shunday qilganingizdan so'ng ko'p saytlar chiqadi.

gugl python xatoligini qidirish
gugl python xatoligini qidirish

Ehtimol eng birinchi bo'lib stackoverflow.com chiqadi. Bu mashhur dasturchilar uchun savol-javob sayti. Stackoverflowga kiramiz va muammoning yechimini ko'ramiz.

stackoverflow python xatoligini qidirish
stackoverflow python xatoligini qidirish

Yechimlar

Aytaylik dasturlashni o'rgandingiz va dasturingizda bitta narsana amalga oshirishingiz kerak. Masalan Pythonda ro'yxatni tartibga keltirishingiz kerak. Guglda quyidagini yozasiz.

python how to sort a list

Qidiruv natijalardan biriga tashrif buyuramiz, va quyidagini ko'ramiz.

w3schools.com python darsligi
w3schools.com python darsligi
Demak Pythonda ro'yxatni tartibga keltirish uchun .sort() usulidan foydalanish kerak ekan.

Yangi ma'lumotni topish

Etaylik dasturlashni o'rgandingiz, lekin yana siz bilgan texnologiyaga bo'g'lik kichik qo'shimcha narsani o'rganmoqchisiz.

Masalan karuselni saytingizda qo'shish uchun guglda quyidagini tersa bo'ladi

how to add carousel to my site

Diqqat, htmlga oid bo'lmagan narsalar chiqmasligi uchun texnologiyani nomini qo'shish maqsadga muvofiqdir.

html how to add carousel to my site

guglda css karuselni topish
guglda css karuselni topish

CSS ga tegishli bo'lgan flexbox texnologiyani o'rganish uchun guglda quyidagini tersa bo'ladi

css flexbox tutorial

Odamlarning tavsiyalari

Yangi narsani o'rganmoqchisiz, va sizga odamlarning tavsiyalari kerak. Tavsiyalarni topish uchun reddit.com yoki quora.com dan foydalaning. Masalan odamlar tavsiya etyatgan Python kitoblarni topish uchun quyidagini guglda tering

site:reddit.com best book on python

Odamlar tavsiya etyatgan JavaScript manbalarni topish uchun quyidagini guglda tering

site:quora.com best resource on javascript

Mashxur manbalar

Muammolar yechimi

HTML CSS

Mobil ilovalar

  • Sololearn mobil ilovasi

Video darslar

Youtube video darslar
Youtube video darslar

Boshqich darslar (kurslar)

Coursera bosqich darslar
Coursera bosqich darslar

O'zarofaol darslar

freeCodeCamp o'zarofaol darsligi
freeCodeCamp o'zarofaol darsligi