Qisqacha JavaScript darsi

Izohlar

// dan keyin keladigan so'zlar izohlar hisoblanadi. Ular dastur ishiga tasir qilmaydi.

alert("Assalomu alaykum");  // bu buyruq foydalanuvchiga salom beradi

O'zgaruvchilar

O'zgaruvchini e'lon qilish

var Ali = 9989048758987;
console.log(Ali)  // 9989048758987 degan narsa konsolga chiqadi

Yoki let va const dan foydalansa ham bo'ladi.

let Ali = 9989048758987;
const Ahmad = 9989348758983;
console.log(Ali);  // 9989048758987 degan narsa konsolga chiqadi
console.log(Ahmad);  // 9989348758983 degan narsa konsolga chiqadi

console.log() buyrug'i unga berilgan qiymatni brauzer konsoliga (F12 orqali ochiladi) chiqarib beradi.

var, let, const orasidagi farqni keyinroq o'rganamiz Xudo xohlasa.

Ma'lumot turlari

var Ali = 9989048758987;

9989048758987 bu son.

var xat = "Assalomu alaykum og'a. Yaxshimisan, tinchmisan? Menda hammasi yaxshi Xudoga shukur. Ishlab yuribman.......";

Yuqorida keltirilgan misolda esa xat o'zgaruvchining ichiga matn tushadi. Demak ikkinchi ma'lumot turi matndir. Matn qoshtirnoq bilan boshlanishi va tugashi kerak. Tirnoqcha bilan boshlansha,tirnoqcha bilan tugash kerak. Qoshtirnoq bilan boshlansa, qoshtirnoq bilan tugash kerak:

"Ali";  // to'g'ri
'Ali';  // to'g'ri
'Qalaysiz og'a yaxshimisiz?'  // xato
'Qalaysiz aka yaxshimisiz?'  // to'g'ri
"Qalaysiz og'a yaxshimisiz?"  // to'g'ri
'Qalaysiz og\'a yaxshimisiz?'  // to'g'ri

Matn bilan sonni farqi nimada? Sonlar bilan hisob-kitob amallari qilinadi. Matn bilan esa yoq.

Hisob

4 * 10  // kopaytirish
2 + 5  // qo'shish
9 / 3  // taqsim
5 - 2  // ayirish
11 % 3  // qoldiq (bu misolda 2 ga teng)

Masalan:

var somlar = 100000;
var dollarlar = somlar / 9000;
console.log(dollarlar);  // 11.11111111111111

Matnlarni qo'shish

var ism = "Ali";
var xabar = "Assalomu alaykum" + ism;
console.log(xabar);  // "Assalomu alaykum Ali"

alert va prompt

var Ali = 9989048758987;
alert(Ali);

Yuqoridagi misol foydalanuvchiga o'z ichiga 9989048758987 sonni olgan oynachani ko'rsatadi.

var ismingiz = prompt("Ismingizni kiriting.");
var xabar = "Assalomu alaykum " + ismingiz;
alert(xabar);

Yuqoridagi misol foydalanuvchiga "Ismingizni kiriting." sarlovhali oynani ko'rsatadi. Ismingizni kiritganingizdan keyin, ismingiz ismingiz o'zgaruvchining ichiga tushadi. So'ng ismingiz ga "Assalomu alaykum " matni qo'shiladi va xabar o'zgaruvchisiga kiritib qo'yiladi. Song xabar o'zgaruvchisi foydalanuvchiga alert orqali ko'rsatiladi.

Matnni songa o'girish

prompt buyrug'ining kamchiligi - u har dom dasturchiga kiritilgan xabarni matn shaklida beradi. Masalan foydalanuvchi Ali deb kiritsa, propmt funksiyasi "Ali" matnini beradi. Masalan:

1.

var ismingiz = prompt("Ismingizni kiriting.");

Foydalanuvchi Ali kiritsa, ismingiz o'zgaruvchiga "Ali" matni tushadi. Bu misolda hammasi yaxshi.

2.

var maoshingiz = prompt("Maoshingizni kiriting.");

Foydalanuvchi 300000 kiritdi desak, maoshingiz o'zgaruvchiga 300000 emas, balki "300000" tushadi. Bu degani o'z ichiga 300000 ni olgan matn tushadi. Bu matn bilan esa hisob-kitob qilish noqulay, chunki "300000" + 41 amali "30000041" natijasini beradi. Bu degani matn bilan sonni qo'shsangiz, ular bir biriga yopishib qolganday korinadi. Agar son bilan son qo'shilsa, ular mumammosiz qo'shiladi.

Agar propmt bilan hisob-kitob qilmoqchi bo'lsangiz, matnni songa aylantirishni o'rganshingiz kerak. Buning uchun parseInt va parseFloat dan foydalaniladi.

var sonim = parseInt("300000");
// sonim endi 300000 ga teng

var ikkinchiSon = parseFloat("3.14")
// ikkinchiSon endi 3.14 ga teng

Misol

Foydalanuvchidan oylik maoshini so'rab, yillik maoshini hisoblab bering.

var maosh = prompt("Oyligingiz qancha?");
// Mison uchun foydalanuvchi 400000 kiritdi.
// maosh o'zgaruvchisiga "400000" matni tushadi

var maoshSon = parseInt(maosh);
// Endi esa maosh o'zgaruvchising ichidagi "400000" matni 400000 ga aylanadi.
// So'ng maoshSon o'zgaruvchining ichiga qo'yiladi

var yillikMaosh = maoshSon * 12;
// maoshSon o'zgaruvchi 12 ga ko'paytiriladi. 400000 * 12 amal 4800000 natijasini beradi.
// So'ng 4800000 soni yillikMaosh o'zgaruvchining ichiga qo'yiladi

alert(yillikMaosh);
// Va yillikMaosh o'zgaruvchisining tarkibi foydalanuvchiga ko'rsatiladi.

Ketma-ketlik

var maosh = prompt("Oyligingiz qancha?");
var maoshSon = parseInt(maosh);
var yillikMaosh = maoshSon * 12;
alert(yillikMaosh);

Yuqoridagi misolni JavaScipt qanday tartibda bajaradi? Ko'rib chiqaylik.

1 qadam

Avval propmt buyrug'i ishga tushadi va foydalanuvchiga "Oyligingiz qancha?" degan darcha ko'rsatiladi. Etaylik, foydalanuvchi 400000 ni kiritadi.

// prompt("Oyligingiz qancha?") buyrug'i ishini bajarib "400000" natija beradi.var maosh = "400000";
var maoshSon = parseInt(maosh);
var yillikMaosh = maoshSon * 12;
alert(yillikMaosh);

2 qadam

// "400000" matni maosh o'zgaruvchining ichiga tushadi.// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng.
var maoshSon = parseInt(maosh);
var yillikMaosh = maoshSon * 12;
alert(yillikMaosh);

3 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng.

var maoshSon = parseInt("400000");// maosh o'zgaruvchining o'rniga uning qiymati tushadi.
var yillikMaosh = maoshSon * 12;
alert(yillikMaosh);

3 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng.

var maoshSon = 400000;// parseInt buyrug'i ishlaydi va 400000 son natijani beradi.
var yillikMaosh = maoshSon * 12;
alert(yillikMaosh);

4 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng.

// 400000 soni maoshSon o'zgaruvchining ichiga tushadi.// Hozir maoshSon o'zgaruvchisi 400000 ga teng.
var yillikMaosh = maoshSon * 12;
alert(yillikMaosh);

5 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng.
// Hozir maoshSon o'zgaruvchisi 400000 ga teng.

var yillikMaosh = 400000 * 12;// maoshSon o'zgaruvchining o'rniga uning qiymati tushadi.
alert(yillikMaosh);

6 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng
// Hozir maoshSon o'zgaruvchisi 400000 ga teng

var yillikMaosh = 4800000;// maoshSon o'zgaruvchining o'rniga uning qiymati tushadi.
alert(yillikMaosh);

7 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng
// Hozir maoshSon o'zgaruvchisi 400000 ga teng

// yillikMaosh o'zgaruvchisiga 4800000 tushadi.// Hozir yillikMaosh o'zgaruvchisi 4800000 ga teng
alert(yillikMaosh);

8 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng
// Hozir maoshSon o'zgaruvchisi 400000 ga teng
// Hozir yillikMaosh o'zgaruvchisi 4800000 ga teng

alert(4800000);// yillikMaosh o'zgaruvchining o'rniga uning qiymati tushadi.

9 qadam

// Hozir maosh o'zgaruvchisi "400000" ga teng
// Hozir maoshSon o'zgaruvchisi 400000 ga teng
// Hozir yillikMaosh o'zgaruvchisi 4800000 ga teng

// So'ng alert buyrug'i foydalanuvchiga 4800000 ni ko'rsatadi.